"Arsenal" "Milan" yulduzini xarid qilmoqchi
31 mar 2024 02:22
Yangiliklar
"Arsenal" "Milan" yulduzini xarid qilmoqchi
"Calciomercato" xabariga ko'ra, "Arsenal" yarim himoya chizig'ini Ismael Bennaser bilan to'ldirmoqchi.

Manbaga ko'ra, "Milan" uni sotish imkoniyatini ko'rib chiqishga tayyor. Jazoirlik yarim himoyachi 2017 yilda "Arsenal"ni tark etgan va shundan beri "Milan" asosiy tarkibi vakili bo'lib oldi.
Garchi yaqinda Bennaserga boshqa klublar, jumladan, "Real" ham qiziqish bildirgan bo'lsa-da, u Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin. O'zining yarim himoyasini kuchaytirishni xohlayotgan "Arsenal" Bennaserni jozibador variant deb biladi, ammo uning xizmatlari uchun 50 million evro to'lab qo'yish kerak bo'ladi.
Bennaserning ko'p jarohat olishi "Arsenal"ni tashvishga solmoqda, ammo uning A Seriyadagi tajribasi etiborni ko'proq tortgani uchun londonliklar tavakkalga qo'l urishlari mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar