"Arsenal" hujumchisini sotishi mumkin
03 mar 17:59
Yangiliklar
"Arsenal" hujumchisini sotishi mumkin
"Arsenal" vinger Gabriel Martinelli bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.
Braziliyalik futbolchi jarohati sabab fevral boshidan beri maydonga tushmayapti. "Goal" xabariga ko'ra, "kanonirlar" rahbariyati futbolchi uchun hozirgi transfer qiymatidan oshadigan takliflar kelib tushsa, uni sotish variantlarini o'rganib chiqishga tayyor.

Transfermarkt portali Gabriel Martinellini 55 mln evroga baholamoqda. 23 yoshli futbolchining "Arsenal" bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan va yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatini ichiga oladi.
Martinelli ushbu mavsum Mikel Arteta jamoasi uchun 35 o'yinda 7 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar