So’nggi yangiliklar

10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  0 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  3 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  5 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  8 01:39Мактомини МЮдан кетганларнинг муваффақиятга эришаётгани ҳақида нималар деди?  3 00:46Артета Гекерешга баҳо берди  1 00:20"Ланс" Абдуқодир Ҳусанов бўйича "Манчестер Сити"га мурожаат қилган  10 23:53Гвардиола "Манчестер Сити"дан кетиши эҳтимоли ҳақида: "Мен умрбод бу ерда қола олмайман"  4 23:12Флик ҳозирча "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  2

Argentinada shov-shuvli voqea: Maradonaning o'g'li otasini shifokorlar o'ldirganini aytmoqda Yangiliklar

Argentinada shov-shuvli voqea: Maradonaning o'g'li otasini shifokorlar o'ldirganini aytmoqda

Afsonaviy argentinalik futbolchi Diego Maradonaning o'g'li keng jamoatchilik etiborini tortgan keskin bayonot berdi.

Diego Sinagra otasining vafoti tasodif bo'lmagani va bu fojiada uni davolagan shifokorlar aybdor ekanligini takidladi.

"Meni eng ko'p azoblaydigani – otamni o'ldirishgani. Bu shubhasiz. Uni qutqarish uchun hech narsa qilishmadi. Ishonchim komilki, biz shifokorlarning etiborsizligini isbotlaymiz", – dedi kichik Maradona.

Eslatib o'tamiz, Diego Maradona 2020 yil 25 noyabrda 60 yoshida vafot etgandi. O'limning rasmiy sababi yurak xuruji deb ko'rsatilgan bo'lsa-da, o'shandan beri mashhur futbolchiga ko'rsatilgan tibbiy xizmat sifati borasidagi bahslar tinmayapti.

Yulduzning vafotidan so'ng uning shaxsiy shifokori hamda Maradona vafot etgan kuni uning uyida navbatchilik qilgan hamshira policiyada ham gumon keltirib chiqargan. Bu esa tergovning boshlanishiga sabab bo'lgan. Ish bo'yicha 7 kishi ayblangan.

Avvalroq Italiyada argentinalik yulduz amalda o'ldirilgani haqida malumotlar berilgandi.

Maradona "Barselona", "Napoli" va "Nyuells Old Boyz" jamoalarida o'ynagani bilan nom qozongan. U Argentina terma jamoasi tarkibida 1986 yil jahon chempioni unvonini qo'lga kiritgan va futbol tarixidagi eng buyuk o'yinchilardan biri hisoblanadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика