Argentina terma jamoasi Boliviyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida 7ta gol urdi
05 sen 2015 12:12
Yangiliklar


Argentina terma jamoasi Boliviyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida 7ta gol urdi
Argentina terma jamoasi Boliviyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida 7:0 hisobida g'alaba qozondi.
Birinchi bo'limning o'zida boliviyaliklar 3ta gol o'tkazib yubordi - Serxio Aguero o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi, Lavessi esa dubl qayd etdi. Tanaffusdan so'ng Agueroning yana bir aniq zarbasi hisobni yiriklashtirdi. Zaxiradan o'yinga qo'ishlgan Messi ikki bora raqib darvozabonini ranjitdi. Uchrashuvdagi so'nggi gol Anxel Korrea nomiga yozildi.
Argentina – Boliviya – 7:0
Gollar: Lavessi, 6 (1:0); Aguero, 34 (2:0); Lavessi, 41 (3:0); Aguero, 59 (4:0); Messi, 67 (5:0); Messi, 75 (6:0); Korrea, 84 (7:0).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar