AQSH terma jamoasi tarkibi haqida nimalarni bilish lozim?
09 sen 2023 10:50
Yangiliklar
AQSH terma jamoasi tarkibi haqida nimalarni bilish lozim?
O'zbekiston milliy terma jamoasi 10 sentyabrga o'tar kechasi AQSHning Sent-Luis shahridagi "Siti park" stadionida amerikaliklarga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. O'yin Toshkent vaqti bilan tunda (9 sentyabrdan 10 sentyabrga o'tar kechasi) soat 02:30da boshlanadi.

AQSH terma jamoasi tarkibi (klub/mamlakat; o'yin/gol)
Darvozabonlar (3): Dreyk Kallender ("Inter Mayami"/AQSH; 0/0), Itan Xorvat ("Nottingem Forest"/Angliya; 8/0), Mett Terner ("Nottingem Forest"/Angliya; 32/0).
Himoyachilar (9): Serjino Dest ("PSV Eyndxoven"/Niderlandiya; 26/2), Kristoffer Lund ("Palermo"/Italiya; 0/0), Mark Makkenzi ("Genk"/Belgiya; 11/0), Kevin Paredes ("Volfsburg"/Germaniya; 0/0), Tim Rim ("Fulxem"/Angliya; 51/1), Kris Richards ("Kristal Pelas"/Angliya; 10/1), Antoni Robinson ("Fulxem"/Angliya; 36/2), Maylz Robinson ("Atlanta Yunayted"/AQSH; 25/3), Jo Skalli ("Borussiya Myunxengladbax"/Germaniya; 6/0)
Yarim himoyachilar (6): Ben Kremaski ("Inter Mayami"/AQSH; (0/0), Luka de la Torre ("Selta Vigo"/Ispaniya; 16/0), Ueston Makkenni ("Yuventus"/Italiya; 44/11), Yunus Musa ("Milan"/Italiya) 27/0), Tanner Tessmann ("Veneciya"/Italiya; 1/0), Malik Tillman ("PSV Eyndxoven"/Niderlandiya; 4/0)
Hujumchilar (6): Brenden Aaronson ("Union Berlin"/Germaniya; 32/7), Folarin Balogun ("Monako"/Franciya; 2/1), Keyd Kouell ("San-Xose Ertkveyks"/AQSH; 8/1), Rikardo Pepi ("PSV Eyndxoven"/Niderlandiya; 16/7), Kristian Pulishich ("Milan"/Italiya; 60/25), Tim Vea ("Yuventus"/Italiya; 31/4).

AQSH va O'zbekiston erkaklar milliy terma jamoalari ilk marotaba to'qnashadi. O'zbekiston AQSHning 101-raqibi sanaladi. Ikki davlat o'smirlari 2011 yil o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida to'qnash kelishgan. SHuningdek, ayollar terma jamoalari o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishgan.

Tarkibga oid qiziqarli malumotlar
- Tarkibga ikki va undan ortiq o'yinchilar chaqirilgan klublar soni oltitani tashkil etadi, ulardan beshtasi Evropa jamoalari;
- Tarkibning o'rtacha yoshi 23 yosh-u 306 kunni tashkil etadi;
- 2022 yilgi jahon chempionatida ushbu tarkibning 12 nafar futbolchisi qatnashgan;
- Tarkibdagi 14 nafar futbolchining 23 va undan kichik yoshda hisoblanadi.
- Tarkibga sakkiz mamlakat klublaridan futbolchilar jalb etilgan;
- Tarkibdagi 15 nafar futbolchi Osiyo jamoalariga qarshi o'ynagan, qolgan 8 nafar o'yinchi ilk bor mazkur qita vakillariga qarshi maydonga tushadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar