AQSH - O'zbekiston uchrashuvidan keyingi qiziq faktlar
11 sen 2023 21:15
Yangiliklar
AQSH - O'zbekiston uchrashuvidan keyingi qiziq faktlar
- O'zbekiston Katanec boshchiligidagi 21-o'yinni o'tkazdi va 6-marta mag'lub bo'ldi.
- Bu Katanec qo'l ostidagi eng yirik mag'lubiyatlardan biri bo'ldi (Iordaniyaga ham 0:3 hisobida yutqazganmiz)
- O'zbekiston KONKAKAF mintaqasining uchinchi terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va uchinchi bor mag'lub bo'ldi (Kanada 1:2, Kosta-Rika 1:2)
- Eldor SHomurodov terma jamoadagi o'yinlar soni bo'yicha Mirjalol Qosimovga etib oldi - 67
- Jaloliddin Masharipov terma jamoadagi o'zining 49-uchrashuvini o'tkazdi. Meksika bilan bahs yubiley o'yin bo'lishi mumkin
- AQSH bilan bahsda yubiley uchrashuvini o'tkazganlar: Odil Hamrobekov - 40, Azizbek Turg'unboev - 20.
- O'tkir Yusupov terma jamoada o'zining 16-uchrashuvini o'tkazdi (Oleg Belyakovga etib oldi) va maydonga tushgan darvozabonlar orasida 7-o'ringa chiqib oldi. 6-o'rinda 17 ta o'yin o'tkazgan Aleksey Polyakov bormoqda.
- Yusupov terma jamoa safida ilk bor bitta o'yinda 3ta gol o'tkazdi. Bundan oldingi 15ta o'yinda posbon jami 8ta gol o'tkazgandi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar