So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  1 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  16 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

APL tarixidagi 5 ta eng omadsiz transfer Yangiliklar

APL tarixidagi 5 ta eng omadsiz transfer

Angliya Premer-Ligasi klublari tomonidan amalga oshirilgan eng omadsiz 5 ta transfer bilan tanishing.


5.Andrey SHevchenko. "Milan"dan "CHelsi"ga katta maqsadlar bilan olib kelingan Andrey SHevchenkoning londonliklar safida ishlari yurishmagan. U "Milan" safida 208 ta o'yinda 127 ta gol kiritgan. "CHelsi"dagi faoliyati davomida esa 9 martagina raqiblar darvozasini aniq nishonga olgan. Ukrainalik futbolchi o'shanda 30,8 million funt evaziga Tumanli Albionga ko'chib o'tgandi. SHevchenkoni "Milan"dagi faoliyati sababligina buyuk futbolchilar qatoriga qo'shishadi, "CHelsi"dagi o'yinlari uchun emas...




4.Mario Balotelli. Italiyalik futbolchi 16-o'yinga kelibgina "qizillar" safidagi dastlabki golini kiritishga muvaffaq bo'lgan. 16 million funt evaziga harid qilingan futbolchining Angliyaga qaytishi muvaffaqiyatli kechmadi.




3.Fernando Torres. "Liverpul" yulduzi Londonga ko'chib o'tganida ham undan ko'p narsa kutishgandi. Biroq, ispaniyalik to'p ustasi o'zidan kutilgan o'yinni "aristokratlar" safida namoyish eta olmadi. 50 million funt sterlinglik futbolchi keyinchalik "Milan"ga ijaraga berildi. So'ngra "Atletiko"ga sotib yuborildi...




2.Endi Kerroll. "Nyukasl"dan 35 million funt evaziga sotib olingan "gigant" futbolchi ham "qizillar" safida o'ziga bildirilgan ishonchni oqlay olmagan.




1.Anxel Di Mariya. "Real"dan 59,7 million funt sterlingga sotib olingan argentinalik futbolchi Lui van Gal qo'l ostida o'z imkoniyatlarini namoyon eta olmadi. Angliyadagi muvaffaqiyatsiz mavsumdan so'ng PSJ safiga borib qo'shildi.


Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика