So’nggi yangiliklar

09:10"Барселона" етакчиси жароҳат олди  0 08:37Бугун ёшларимиз Аргентинага қарши иккинчи учрашувини ўтказади  1 08:03Вадим Абрамов: «Нотўғри ўйнадик, кетма-кет икки ўйинда ҳам одатдаги ўйинимизни кўрсата олмаганимиз мени кўпроқ безовта қилади»  0 07:29Теннис афсонаси "Реал Мадрид" президенти бўлмоқчи  1 01:46Ўзбекистон терма жамоасининг шанба кунги машғулоти  3 01:42Миллатлар лигаси. Испания, Португалия, Сербия, Руминияда ғалаба, Беларусь ва Шимолий Ирландия нурсиз дуранг ўйнади  10 01:31"Ливерпуль" туркиялик футболчига қизиқмоқда  2 00:49"Хвича икки йилдан сўнги Англия ёки "Реал"га йўл олади. Бошқалар унинг учун тўлай олишмайди"  3 23:28"Ал Ҳилол" келаси йили Винисиус Жуниорни харид қилмоқчи  5 22:57Миллатлар лигаси. Хорватия ўз уйида ғалабага эришди, Болгария — Люксембург ўйинида 11та сариқ карточка кўрсатилди  6 22:07Ўткир Юсупов: "Эрон билан ўйинда 1 очко ҳам яхши натижа, БААни эса мағлуб этмоқчимиз"  13 21:41Суперлига. "Динамо" — "Навбаҳор" 0:1  0 21:29Мбаппе Франция терма жамоасининг фақат муҳим ўйинларида ҳаракат қилмоқчи. "Реал" форварди 2025 йилги "Олтин тўп"ни кўзлаган  3 20:55Суперлига. "Навбаҳор" 14-турнинг қолдирилган ўйинида "Динамо"дан устун келди  36 20:26Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0

APL. "Manchester Yunayted" Reshfordning dubli evaziga "Arsenal" ustidan ishonchli g'alabaga erishdi Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted" Reshfordning dubli evaziga "Arsenal" ustidan ishonchli g'alabaga erishdi

Angliya chempionati 6-turi doirasidagi "Manchester Yunayted" – "Arsenal" uchrashuvi tafsilotlarini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

Manchester Yunayted – Arsenal 3:1 

20.30, «Old Trafford»

Gollar: Antoni 35', Reshford 66', 76' – Saka 60'

Manchester Yunayted – De Xea, Diogu Dalot, Varan, Martines (Maguayr, 80), Malasia, Eriksen, Brunu Fernandesh, Maktominey, Reshford (Kazemiro, 80), Sancho (Fred, 67), Antoni (Ronaldu, 58).

Arsenal – Remsdeyl, Uayt (Tomiyasu, 80), Gabriel, Saliba, Zinchenko (Nketia, 74), Jaka, Edegor (Smit-Rou, 74), Lokonga (Vieyra, 74), Saka, Gabriel Jezus, Martinelli.

Ogohlantirishlar: Saliba (24), Maktominey (71), Jezus (77).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Bahs yakunlandi! "Manchester Yunayted" ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi!  

90+2. Zarba! Emil Smit-Rou uzoq masofadan zarba berdi, noaniq.

90. Ikkinchi taymga 4 daqiqa qo'shildi. 

90. Fred maydon markazida Martinellini "podkat" orqali to'xtatib qoldi, hakam qoida buzish qayd etdi.

89. Malasiaga tibbiy yordam ko'rsatilgach, maydonga qaytdi. 

88. Saka Malasiaga nisbatan qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi.

86. Zarbaaa! Fabiu Vieyraning zarbasi mo'ljalga aniq bormadi. 

83. Zarbaaa!  Jakaning jarimadan tepgan to'pi Kazemiroga tegdi.

81. Maguayr Jezusni yiqitgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

80. "Arsenal"da almashtirish: Uayt o'rniga Tomiyasu maydonga tushdi.  

80. MYUda 2 ta almashtirish: Martines o'rniga Maguayr, Reshford o'rniga Kazemiro tushdi.

79. Martinesga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

77. Jezus hakam tomonidan ogohlantirildi.

76. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Eriksenning pasidan so'ng Reshford hisobni oshirdi – 3:1! 

74. "Arsenal"da 3 ta o'zgarish: Edegor o'rniga Smit-Rou, Lokonga o'rniga Vieyra, Zinchenko o'rniga Nketia o'yinga qo'shildi.

72. Ronalduning chap oyoqdagi uzatmasidan keyin to'p maydonni tark etdi.

71. Uuuux! Jezusning zarbasi o'ng ustun yonidan o'tib ketdi. Qanday zarba!

71. Maktominey Jezusni ochiqchasiga ushlab qolgani bois ogohlantirildi.

69. Zarbaaa! Remsdeyl MYUning bosimidan keyin xato qilgach, Fernandesh zarba berdi, darvozabon uni qaytardi.  

67. "Manchetser Yunayted"da o'zgarish: Sancho o'rniga Fred bahsni davom ettiradi.

66. GOOOOOOOOOOOOOOOOL! Brunu Reshfordni birga bir holatga olib chiqdi, hujumchi vaziyatdan unumli foydalanib, MYUni hisobda oldinga olib chiqdi – 2:1!

64. Martinellining ichkariga uzatgan to'pini himoyachilar qaytarishdi.

62. Jeydon Sancho xavfli holatga chiqib borishi mumkin edi, ammo ofsayd qayd etildi.

60. GOOOOOOOOOOOOOOOL! Saka himoyachilardan kelgan to'pdan so'ng vaziyatni ko'kka sovurmadi va hisobni tenglashtirdi – 1:1! 

58. MYUda o'zgarish: Antoni o'rniga Ronaldu tushirildi.

58. Malasia Sakaga nisbatan qo'pol haraka qildi, "Arsenal" jarima zarbasini tepish huquqini qo'lga kiritdi. 

56. Zarba!  Saka qanotdan zarba berdi, ammo to'p ustunga tegib qoldi.

55. Bukayo Saka o'yinni davom ettira olishi malum bo'ldi.

53. Bukayo Saka shifokorlar yordamiga muhtojlik sezmoqda.

51. Martinelli tezligi evaziga qanotdan jarima maydoniga yorib kirib, xavfli vaziyat yaratishga urinib ko'rdi, lekin himoyachilar to'pni qaytarib yubordi. 

49. Gabriel Jezus yaxshi poziciyaga chiqib bordi, ammo xavfli vaziyat yuzaga keltirmadi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi taym tugadi. Hozircha hisob – 1:0. Tanaffus! 

45+2. Zarba! Antoni darvozasidan ancha oldinga chiqib ketgan Remsdeylni jazolashga urindi, ammo posbon havodan kelgan to'pni egallab oldi.. 

45. Birinchi taymninasosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shildi. 

44. Zarba! Bukayo Sakaning jarima maydoni chizig'i ustidan zarba berdi, noaniq.

40. "Kanonirlar" juda faol, biroq hujumlardan hech qanday samara chiqqani yo'q.

38. Martin Edegor to'pni jarima zarbasidan o'yinga kiritib, tezkorlik bilan o'yinni davom ettirib ketdi.

37. Navbatdagi fol. Varan Jezusga nisbatan qoidani buzdi.  

35. GOOOOOOOOOOOOOOL! Reshfordning qulay pasidan so'ng Antoni APLdagi ilk golini urib, hisobni ochdi – 1:0!

32. Zarbaaa!  Martinellining bosh bilan bergan zarbasi de Xea tomonidan qaytarildi! Qoyilmaqom seyv!

32. Endilikda ustunlik "Arsenal"ga o'tdi, londonliklar ketma-ket hujum uyushtirishmoqda.

30. Zarba! Martinelli chap qanotda Dalotni aldab, zarba berishning uddasidan chiqdi, to'p yo'l-yo'lakay Dalotga tegdi, burchak zarbasi.

26. Bruno Fernandeshga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. U Sambi Lokonga bilan to'qnashgandi. Belgiyalik futbolchi butsasining tag qismi bilan tepgan ekan. Yaxshiyamki, hammasi yaxshi yakun topdi, jiddiy jarohat kuzatilmadi. 

24. Saliba tezkorlik bilan hujumga o'tayotgan Sanchoni yiqitdi va sariq kartochka oldi.

22. Antoni o'z zarbasi orqali omadini sinab ko'rdi, ammo to'p chap ustun oldidan o'tib ketdi.

19. Zarbaaa!  Sakaning uzatmasidan so'ng Jezus bosh bilan noaniq zarba berdi.

19. Ben Uaytning qanotdan amalga oshirgan uzatmasi himoyachilarga tegib qoldi, burchak zarbasi.

17. Gabriel Jezus o'yingi kirishib ketib to'pni qo'l bilan o'ynab yubordi. 

15. Ha, gol bekor qilinib, jarima belgilandi.

14. Ammo vaziyat VARda ko'rilmoqda. Edegor Eriksendan to'pni olib qo'yganda qoidani buzganligi ko'rinmoqda.

12. GOOOOOOOOOOOOL! Martinelli qarshi hujumda hisobni ochdi!

11. Zarba!  Sanchoning erlatib yo'llagan zarbasini Remsdeyl qaytardi. MYU dastlabki daqiqalarda juda faol.

9. Zarbaa!  Salibaning zarbasi markaziy himoyachilarga xos tarzda chiqdi, yani noaniq va yuqoriga.

8. Antoni o'ng qanotda faollik ko'rsatdi, xuddi har doim APLda o'ynab yurgandek. SHundan so'ng Dalot ichkariga pas uzatdi va Eriksen xavfli, biroq noaniq zarba berdi.

6. Gabriel Jezus maydonda yotibdi. Brunu Fernandesh uni to'sishga urinib, yiqitdi. Ammo Gabrielning o'zi ham noqulay yiqilgani bois boshini urib oldi.

3. Edegorning jarimadan yo'llagan zarbasi Brunu Fernandesh tomonidan bartaraf qilindi.   

2. Gabriel Jezus Lisandro Martines tomonidan qo'pollik evaziga to'xtatib qolindi, standart vaziyat. 

2. Dalot oldinga chiziqda faollik ko'rsatib, yaxshi pas uzatdi, biroq Jaka to'pni qaytarishga erishdi. 

1. O'yin boshlandi! 

- O'yin 20:30 da start oladi.

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari!  Bugun "Old Trafford"da Angliya Premer-ligasi 6-turining markaziy bellashuv bo'lib o'tadi. Mazkur bahsni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика