APL debyutanti bonuslar bilan birga 42 million funtlik transferni amalga oshirdi
19 avg 2022 15:38
Yangiliklar
APL debyutanti bonuslar bilan birga 42 million funtlik transferni amalga oshirdi
"Nottingem Forest" ushbu mavsumlar oralig'idagi 16-transferini amalga oshirdi.
APLga qaytgan klub "Vulverxempton" yarim himoyachisi Morgan Gibbs-Uaytni xarid qildi.
22 yoshli xavbek "Forest" bilan besh mavsumga mo'ljallangan shartnoma tuzdi.
"Vulvs" kafolatlangan 25 million funtni oladi. Transfer narxi bonuslar hisobiga 42 million funtgacha chiqishi mumkin. Bitim "Nottingem" uchun rekord bo'ldi.
Gibbs-Uayt o'tgan mavsum "SHeffild Yunayted" tarkibida CHempionship dorasidagi 37ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 10ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar