So’nggi yangiliklar

10:24Флик Мессини "Барселона"га қайтишига қарши  0 09:56"Реал"нинг асосий футболчиларидан бири терма жамоаси сафида жароҳат олди  0 09:28VI Ислом Бирдамлик ўйинларида бронза медалини қўлга киритган футзал терма жамоамиз тантанали тарзда кутиб олинди  0 08:59МЮ қишда ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи. Жамоа иккита футболчидан бирини танлайди  0 08:31Месси яна бир мундиалда ғалаба қозониш ёки "Олтин тўп"ни қўлга киритиш ўртасида танлов қилди  4 08:03МЮ "бразилиялик Холанд"га қизиқиш билдирмоқда  0 07:37Аморим: "У мен учун ҳақиқий намуна"  0 00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  1 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  3 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  11 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  5

APL. "CHelsi" - "Liverpul" uchrashuvida "Man Siti" g'alaba qozondi Yangiliklar

APL. "CHelsi" - "Liverpul" uchrashuvida "Man Siti" g'alaba qozondi

Angliya chempionatining 21-turidan o'rin olgan "CHelsi" - "Liverpul" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"CHelsi" - "Liverpul" 2:2

Gollar: 0:1 – 9 Mane, 0:2 – 26 Salax, 1:2 – 42 Kovachich, 2:2 – 45 Pulishich.

"CHelsi" – Mendi, Aspilikueta, Tiago Silva, Ryudiger, CHaloba (Jorjino, 70), Alonso, Kovachich, Kante, Pulishich, Maunt, Xavertc (Xadson-Odoi, 79).

"Liverpul" – Kellexer, Aleksander-Arnold, van Deyk, Konate, Cimikas, Milner (Keyta, 69), Xenderson, Fabino, Salax, Mane (Djons, 90), Diogu Jota (Oksleyd-CHemberlen, 69).

Ogohlantirishlar: Mane (1), Pulishich (17), Konate (83).


Chelsea

Mateo Kovacic - 42', Christian Pulisic - 45'

Premier League . 21-tur

02/01/2022, 21:30

2
:
2
Tugadi

Liverpool

Sadio Mane - 9', Mohamed Salah - 26'

Stadion: Stamford Bridge, 40072 tomoshabin

Bosh hakam: Anthony Taylor

45'
90'
17'  Christian Pulisic
42'  Mateo Kovacic
45'  Christian Pulisic
45'  N'Golo Kante
70'  Trevoh Chalobah (Jorginho)
79'  Kai Havertz (Callum Hudson-Odoi)
1'  Sadio Mane
9'  Sadio Mane
26'  Mohamed Salah
26'  Trent Alexander-Arnold
69'  Diogo Jota (Alex Oxlade-Chamberlain)
69'  James Milner (Naby Keita)
83'  Ibrahima Konate
90'  Sadio Mane (Curtis Jones)


Ushbu sahifadauchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatish mumkin bo'ldi.

YANGILASH


90+4-daqiqa. Bo'ldi, jamoalar qanchalie urinmasin tablodagi hisobni boshqa o'zgartira olishmadi.

90-daqiqa. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

90-daqiqa. O'zgarish! Kertis Jons Maneni alishtirdi.

85-daqiqa. "CHelsi" faollashdi va raqib himoyasiga bosim uyushtirmoqda.

81-daqiqa. Kovachichni yaqinda maydonga tushgan Keyta yiqitdi. Mezbonlar ikki bor zarba yo'llashdi, lekin to'p darvozagacha etib bormadi.

O'yin davom etadi.

Futbolchiga yordam ko'rsatilmoqda.

77-daqiqa. Xaverc bilan to'qnashuvdan keyin Konate maydonga quladi. Raqib tirsagi bilan harakat qilgani sabab himoyachi jon holatda baqirib, yiqildi.

75-daqiqa. Salah va sheriklari raqib darvozasiga yo'l izlamoqda.

73-daqiqa. "CHelsi" yuqori pressingni ishga solmoqda.

70-daqiqa.  O'zgarish! CHaloba o'rniga Jorjino maydonga tushirildi.

69-daqiqa. O'zgarish! Diogo Jota va Milner o'rniga Oksleyd-CHemberlen hamda Nabi Keyta o'yinga qo'shildi.

67-daqiqa. Van Deyk va himoyadagi sheriklari to'pni egallab turib, tempni biroz tushirishga urinayotgandek.

65-daqiqa.  Salah to'pni egallab, Cimikasga tashlab berdi va himoyachi biroz noaniq zarba yo'lladi.

64-daqiqa. CHaloba bu safar adashmadi va Manega imkon qoldirmadi. Burchak zarbasi.

61-daqiqa. Endi "CHelsi" futbolchilari yaxshi hujum uyushtirishdi va faqatgina Kellexerning ishonchli o'yini hisob o'zgarishiga yo'l qo'ymadi.

58-daqiqa. Yana bir vaziyat, Mane qulay nuqtaga chiqib borib zarba yo'lladi, Eduar Mendi yana o'zini ko'rsatdi va jamoasini goldan qutqarib qoldi.

57-daqiqa. Kutilmaganda "Liverpul" qarshi hujumga o'tib ketdi va Salah zo'r zarba berdi, Mendi qiyinchilik bilan to'pni qaytarib yubordi.

56-daqiqa. "CHelsi" burchak zarbasi ishlab oldi.

54-daqiqa. "Liverpul" qarshi hujumga o'tib ketgandi, ammo Sadio Mane o'yindan tashqari holatdaligi qayd etildi.

48-daqiqa. Markos Alonso chapdan hujumga qo'shildi, ammo zarbasi ko'ngildagidek chiqmadi.

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+2-daqiqa. Bo'ldi, hakam hushtak chalib, jamoalarni tanaffusga taklif qildi.

45-daqiqa. GOOOOOL! Kristian Pulishich imeoniyatidan unumli foydalandi va hisob tanaffusgachayoq tenglashdi.

45-daqiqa. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

43-daqiqa. "Liverpul" hujumga o'tishga urinib ko'rdi, lekin londonliklar to'pni qaytarib yuborishdi.

Bo'ldi, gol inobatga olindi.

"VAR" qarorini kutarkanmiz...

42-daqiqa. GOOOOOL!  Standartdan zarba, jarima maydonchasidan chiqqan to'pni Kovachich nozik zarba bilan darvozaga joylab qo'ydi.

40-daqiqa. Kay Xavercni qanotda Jeyms Milner qo'pol tarzda kutib oldi- fol.

34-daqiqa.

31-daqiqa. "CHelsi" o'ziga kelish uchun ham to'pni biroz o'zida ushlab turishga urinmoqda.

26-daqiqa. GOOOOL! Muhammad Salaxdan ajoyib zarba va oradagi farq oshdi. U kichik masofada to'pni deyarli Mendining ustidan tashlab qo'ydi.

18-daqiqa. "Liverpul" yaxshi himoyalanmoqda.

15-daqiqa. Mauntda qulay imkoniyat yuzaga keldi, ammo bor yo'g'i burchak zarbasi.

13-daqiqa

9-daqiqa. GOOOOL! CHalobaning qo'pol xatosidan keyin Sadio Mane raqibni kechirmadi.

5-daqiqa. "Liverpul" hujumga o'tishga urinyapti.

3-daqiqa. "CHelsi" to'pni nazorat qilmoqda.

1-daqiqa.  O'yin boshlandi!


Chelsea

Mateo Kovacic - 42', Christian Pulisic - 45'

Premier League . 21-tur

02/01/2022, 21:30

2
:
2
Tugadi

Liverpool

Sadio Mane - 9', Mohamed Salah - 26'

Stadion: Stamford Bridge, 40072 tomoshabin

Bosh hakam: Anthony Taylor

45'
90'
17'  Christian Pulisic
42'  Mateo Kovacic
45'  Christian Pulisic
45'  N'Golo Kante
70'  Trevoh Chalobah (Jorginho)
79'  Kai Havertz (Callum Hudson-Odoi)
1'  Sadio Mane
9'  Sadio Mane
26'  Mohamed Salah
26'  Trent Alexander-Arnold
69'  Diogo Jota (Alex Oxlade-Chamberlain)
69'  James Milner (Naby Keita)
83'  Ibrahima Konate
90'  Sadio Mane (Curtis Jones)

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика