So’nggi yangiliklar

02:14Ўзбекистон U20 термаси Аргентинага мағлуб бўлди  2 01:45Миллатлар лигаси. Германия, Туркияда ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:24Миллатлар лигаси. Польшадаги стадионда чироқ ўчиб қолди  1 00:44Мудрик 5 ой деганда гол урди  0 00:14Тухель Англияда иш бошлаши мумкин  1 23:54Ўртоқлик ўйини. "Бунёдкор" - ОКМК 5:5  1 23:34“Андижон” ўртоқлик учрашувида ғалаба қозонди   1 22:54Қизиқ хабар! Ўткир Юсупов туфайли "Фулад" ходими ишдан кетди  16 22:35"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 22:18Бернд Шустер: "Мбаппе нима қилиш кераклигини яхши билади"  1 21:51"Милан" президенти "Сан-Сиро"ни қадимий иншоот деб атади  0 21:37АПЛ клуби ҳакамни танқид қилгани учун жаримага тортилди  0 20:58Испанияда қайси жамоанинг ўйинлари энг кўп томоша қилинмоқда?  1 20:39Араухо: "Кучли бўлиб қайтишга ҳаракат қиламан"  1 19:57"Манчестер Юнайтед" футболчисининг юраги операция қилинди  3

Hakamlar katta sahnaga chiqqan o'yinda "Manchester Siti" bir kishi kam "Arsenal"ni mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

Hakamlar katta sahnaga chiqqan o'yinda "Manchester Siti" bir kishi kam "Arsenal"ni mag'lubiyatga uchratdi

APL 21-tur doirasidagi "Arsenal" - "Manchester Siti" o'yini yakuniga etdi.

O'yin yaxshi temp bilan boshlandi. Londonlikar o'yin boshida Edegor – Ederson to'qnashuvidan so'ng penaltiga umid bog'lashdi, biroq bosh hakam fol yo'qligini bildirdi.

"Arsenal" birinchi taymdagi aksariyat daqiqalarda raqibni "yopib tashladi" va hisobni ochishga erishdi. Tirnining qulay pasidan keyin Saka o'tkir burchakni nishonga oldi – 1:0.

Ikkinchi taym o'yinda tub burilish yasagan holatlarga boy bo'ldi. Dastlab Bernardu Silva jarima maydoni ichida Jaka tomonidan yiqitilib, maysaga qulatildi. Hakam vaziyatni yordamchilari bilan muhokama qilib, "nuqta"ni ko'rsatdi. Riyad Marez undan unumli foydalandi – 1:1. 

"To'pchilar"ga bevosita bog'liq keyingi kuliminacion jarayon Gabriel – Jezus to'qnashuvidan keyin yuzaga keldi. Heferi braziliyalik himoyachini maydondan chetlatdi va "Arsenal" bir kishi kam bo'lib qoldi.

Qo'shib berilgan daqiqalar o'tib borayotgan bir paytda Rodri darvozani ishg'ol etdi – 1:2. SHu tariqa, Xosep Gvardiola jamoasi Artetasiz "Arsenal"ni yutdi.

Arsenal – Manchester Siti 1:2 

«Emireyts»

Gollar: 1:0 – 31 Saka, 1:1 – 57, penalti Marez, 1:2 – 90 Rodri.

Arsenal – Remsdeyl, Tomiyasu, Gabriel, Uayt, Tirni, Jaka, Parti, Edegor (Xolding, 63), Saka (El-Nenni, 84), Lyakazett (Smit-Rou, 71), Martinelli.

Manchester Siti – Ederson, Joau Kanselu, Laport, Ruben Diash, Ake, de Bryuyne, Bernardu Silva, Rodri, Sterling, Marez, Gabriel Jezus (Gyundogan, 63).

Ogohlantirishlar: Jaka (55), Gabriel (57), Saka (63), Xolding (68), Rodri (90), Bernardu Silva (90).

TURNIR JADVALI

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика