Anji Odil Ahmedov va bir qator futbolchilar bilan xayrlashadi
16 may 2014 10:49
Yangiliklar

Anji Odil Ahmedov va bir qator futbolchilar bilan xayrlashadi
Rossiya premer-ligasini tark etgan Anji klubida katta o'zgarishlar sodir bo'ladi.
Rahbariyat jamoani mahalliy yosh futbolchilardan tuzadi va keyingi mavsum klub oldiga yana elitaga qaytish vazifa qilib belgilanadi.
Izvestiya nashrining xabariga ko'ra yozda klubni Everton, Andrey Eshenko, Odil Ahmedov, Ilya Maksimov, Giya Grigalava, Serder Serderov tark etishi mumkin. Bundan tashqari ijaraga olingan Diniyar Bilyaletdinov, Aleksandr Buxarov, Vladimir Bystrov va Fedor Smolov o'z klublariga qaytib ketishadi.
Yozda Anji faqat rossiyalik futbolchilarni sotib oladi. Rossiya birinchi divizioni reglamentiga ko'ra bir jamoa safida maydonga faqat uch nafar legioner tushishi mumkin.

Fikrlar