So’nggi yangiliklar

13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  0 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  3 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  1 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  1 12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  3 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  2 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  20 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  3 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  2 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  5 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  5

Anxel Lopes: "Bugungi o'yin nima sababdan 20:00 emas, 19:00da boshlanganini tushunmadim" Yangiliklar

Anxel Lopes: "Bugungi o'yin nima sababdan 20:00 emas, 19:00da boshlanganini tushunmadim"

Superliganing 13-turi doirasida "Surxon" - "Neftchi" (1:1) uchrashuvidan keyin surxondaryoliklar bosh murabbiyi Anxel Lopes o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yindan o'yinga o'sib boryapmiz. Biroq bugun o'z o'yinimizni ko'rsatishimiz qiyin bo'ldi. Bugun juda qiyin ob-havo sharoitida o'ynadik. Bugungi o'yin soat 19:00 da boshlandi, odatda, uchrashuvlar 20:00 dan keyin rejalashtirilardi. Bugun o'ta issiq havoda kurash kechdi. Bu havoda o'zimiz istagan o'yinni ko'rsata olishimiz qiyin bo'ldi, lekin biz o'z uzlubimizda maydonda qo'llashga harakat qildik. Birinchi bo'limda vaziyatlar yaratishda qiyinchiliklarga duch keldik, ammo ikkinchi bo'limda o'z uslubimizga qaytdik va yuqori pressing hamda hujumlar tashkil qila boshladik. 

- Birinchi davradan so'ng "Surxon" o'z oldiga qo'ygan maqsadini amalga oshira oldimi?

- Bizda gol urish uchun bir qancha imkoniyatlar yuzaga keldi. Ikki-uch marotaba golga yaqin bordik, bir vaziyatda futbolchimiz raqib posboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi. Bilamizki, "Neftchi" juda yaxshi formada, biz ularni to'xtatishga harakat qildik. Ikkinchi taymdan ko'nglim to'ldi, bir necha golga yaqin vaziyatlar bo'ldi, afsuski hujumlarni golga aylantira olmadik. Oxirgi uch o'yinda 7 ochko jamg'ardik, endi "Nasaf" bilan o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. 

- Jamoaning o'yini ikki taymda ikki xil tarzda o'tdi. Ikkinchi bo'limda "Neftchi"ning ojiz nuqtasini topa oldi jamoangiz. Bu kamchiliklarni bilarmidingiz yoki o'yindan kelib chiqib topdingizmi?

- Raqib birinchi taymda to'pga ko'proq egalik qilgan holda ustunlik qilishdi, biz esa qarshi hujumda raqibni jazolashga harakat qildik. Ancha qiyinchiliklarga duch keldik, ikkinchi qavatda ustunlikka ega bo'lolmadik. Tezroq ikkinchi taymga o'tishni maqsad qildik va bu bo'limda o'z kuchimizni ko'rsatishga harakat qildik. Ikkinchi bo'limni yaxshi kayfiyatda o'tkazdik va g'alaba loyiq ham edik, afsuski, uch ochkoga ega chiqolmadik.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика