So’nggi yangiliklar

07:30ОКМК сардори Тошкент жамоасига ўтиши мумкин  0 03:03Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади  29 02:58А Серия. "Наполи" Римда "Рома"ни мағлуб этди  2 01:25Микель Артета: "Чемпион бўлишни истасак, шу руҳни сақлаб қолишимиз керак"  4 01:15Cамвел Бабаян — "Андижон" бош мураббийи  23 00:33Спаллетти "Ювентус" учун рекорд ўрнатди  2 00:07ОКМК сўнгги турда Олмалиқда "Машъал"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:30АПЛ. Қизиқарли кечган "Челси" ва "Арсенал" жамоалари ўртасидаги Лондон дербисида дуранг қайд этилди, "аристократлар" ўйиннинг катта қисмини ўн киши бўлиб ўтказишди  42 23:17"Андижон" сўнгги турда "Бунёдкор"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:25Исак "Ливерпул" сафидаги дебют голини урди  4 21:34"Реал" 50 млн евролик трансферни амалга оширишга тайёр  8 21:00АПЛ. "Ливерпуль" Лондонда "Вест Хэм"ни мағлуб этди  7 20:56А Серия. "Интер" Лаутаронинг дубли эвазига меҳмонда "Пиза"ни мағлуб этди  2 20:05Савиньо қишда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  2 19:22Рэшфорд "Барселона"ни тарк этиб, ПСЖга ўтиши мумкин   4

Anvar Hojimirzaev: "Bu yil 15 tadan kam gol urmoqchi emasman" Yangiliklar

Anvar Hojimirzaev: "Bu yil 15 tadan kam gol urmoqchi emasman"

O'zbekiston milliy terma jamoasining yanvar oyida Qatardagi o'quv-mashg'ulot yig'iniga bir necha nafar yangi futbolchilar ham jalb qilindi.

Xususan, o'tgan yili Superligada to'purar bo'lishga intilgan Anvar Hojimirzaev ham ilk bor terma jamoa libosida to'p tepdi. Hujumchi bugundan "Dinamo" ixtiyoriga qaytdi va yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. 

- O'zbekiston terma jamoasida birinchi marotaba mashg'ulot olib bordingiz va o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdingiz. Bu qanday hissiyotlarni berdi?

- Terma jamoada o'ynash o'zgacha bo'ldi. Qaysidir manoda bosimni his qilar ekansiz. O'rtoqlik uchrashuvi bo'lsa ham katta masuliyat, boshqacha ishonch elkangizda turadi. Kirishib ketish qiyin bo'lgani yo'q. Ularning barchasi bilan aka-ukamiz. 

- Yig'in davomida murabbiy o'zgarishini jamoa qanday qabul qildi?

- Albatta, kutilmagan holat bo'ldi deya olaman. Srechko Katanecni ham hali ko'rmagan edim. Timur aka bilan ishladik. Kim murabbiy bo'lsa ham maqsadimiz sari intilishda davom etishimiz kerak. Bu futbolda bo'lib turadigan holat.  

- Terma jamoadagi yuklamalardan so'ng "Dinamo"ga moslashish qiyinchiliklar tug'dirmayaptimi?

- Bugun klub safiga qo'shildim. Bir kunlik xordiqdan so'ng chempionatga jiddiy tayyorgarlik olib boryapmiz. Maqsadimiz o'tgan yilgidan katta. Muxlislarni munosib natijalar bilan xursand qilishimiz kerak. 

- Superligani ketma-ket ikkinchi yil "Navbahor"ga qarshi boshlaysizlar...

- O'tgan yili "Navbahor"ga 3:1 hisobida mag'lub bo'lgandik. Joriy mavsumni g'alaba bilan boshlashni istaymiz va buning uchun jamoamizda ishtiyoq ikki karra yuqori. Qurada kim tushishini ahamiyati yo'q edi. To'g'ri kelgani bilan o'ynaymiz. 

- 2025 yilda nechta gol urmoqchisiz?

- 15 tadan kam gol urmoqchi emasman. Yilni to'purar sifatida yakunlashni xohlayman. 2024 yilda bu marraga ozgina etmay qolgandi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика