So’nggi yangiliklar

13:58Суперлига. Плей-офф: "Арал" "Бухоро" билан рўбарў келмоқда (онлайн ҳисоб)  9 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Anvar Berdiev: "Maydon uchun rahbariyatimizga minnatdorchilik bildiraman. Chempionatda ko'p ochko yo'qotdik, endi shuni o'rnini to'ldirishimiz kerak bo'ladi" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Maydon uchun rahbariyatimizga minnatdorchilik bildiraman. Chempionatda ko'p ochko yo'qotdik, endi shuni o'rnini to'ldirishimiz kerak bo'ladi"

O'zbekiston kubogi ikkinchi turidan o'rin olgan "Шo'rtan" – "Olimpik" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida qatnashdi.

– O'yin haqida

Jamoamiz rahbariyatga maydonni tayyorlab berganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman. Bu juda katta mehnatni talab qildi. Futbolchilar ham buni tushunib turishibdi. Minnatdorchilik bildiraman. "Olimpik" o'yin boshida qizil kartochka oldi. Bugun biz g'alaba qozonishni maqsad qilgandik. Barchaga minnatdorchilik bildiraman.

– "Шo'rtan" uchun O'zbekiston kubogi qanday ahamiyat kasb etadi?

– Har bir o'yinga g'alaba uchun tushamiz. Savolingizga shu tarzda javob beraman. 

– "Шo'rtan"ning o'z maydoniga qaytgani futbolchilarga qanday yordam beradi?

– Juda xursand bo'ldik. O'z uyingda devorlar ham yordam beradi. Chempionatda ko'p ochko yo'qotdik, shuni o'rnini to'ldirishimiz kerak bo'ladi.

– Kubokdagi keyingi bahs haqida qanday fikrdasiz?

– To'g'risi, keyingi o'yinimiz chempionat doirasida. U o'yin haqida o'ylashga erta. Keyingi o'yinimiz "Dinamo"ga qarshi. Bor etiborimiz faqat shu bahsda. 

– O'yinning 17:00 ga qo'yilishi qanchalik to'g'ri bo'ldi?

– Tashkilotchilar shuni xohlashdi. Ikki jamoa ham bir xil sharoitda o'ynashdi. Qiziqarliroq va tezroq o'yin xohlasak, bunda ob-havoni ham hisobga olish kerak. Bugun menimcha u qadar issiq bo'lmadi. Keyingi uchrashuvlar kechroq boshlanishi maqsadga muvofiq bo'lardi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика