So’nggi yangiliklar

20:12"Бухоро" ўз тарихида биринчи маротаба "Навбаҳор"га 3тадан кўп гол урди   0 19:59Суперлига. "Бухоро" "Навбаҳор" дарвозасига жавобсиз 5 та тўп киритди  80 19:55Суперлига. "Нефтчи" – "Динамо" 1:1 (матнли транлсяция)  25 19:53"Сабаҳ" — "Туран". Раҳмоналиев асосий таркибда  0 19:26Зиданнинг 27 ёшли ўғли Люка спорт фуқаролигини Жазоирга ўзгартирди  0 18:55Суперлига. "Хоразм" ўз уйида "Қўқон-1912" билан дуранг ўйнади  11 18:41"Реал" — "Эспаньол". Таркиблар маълум  15 18:35АПЛ. "Ливерпуль" Мерсисайд дербисида қийин ғалабага эришди  11 17:42"Хоффенхайм" — "Бавария". Таркиблар маълум  2 17:08Футзал. Ўзбекистон Фаластинни тор-мор этди  16 16:41Рубен Санчес: "Мухлисларимизни яна бир бор ранжитишга ҳаққимиз йўқ эди"  0 16:02Тимур Кападзе Хитой мураббийи бўлиши ҳақидаги саволга аниқ жавоб берди  53 14:12"Шўртан" ва "Пахтакор" ўртасида нурсиз дуранг қайд этилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:45ОКМК "Бунёдкор"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:40Тез орада Хитой бош мураббийи эълон қилинади, якуний уч номзод орасида Кападзе бор  38

Anvar Berdiev: "Hal qiluvchi bosqichdagi o'yinlar boshqacha kechadi" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Hal qiluvchi bosqichdagi o'yinlar boshqacha kechadi"

Pro liga 14-turdan o'rin olgan "Oq-tepa" - "Istiqlol" (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev fikrlarini bildirib o'tdi.




"Bugun qiziqarli va kurashlarga boy o'yin bo'ldi. O'yindan oldin bizga oson bo'lmasligini bilardik. Jamoamiz joriy mavsumda bir marotaba tarqalib ketib yana qaytadan tiklandi. Natijada ko'p futbolchilarimiz jamoani tark etdi. Jamoada bor futbolchilar bilan Pro ligadagi ishtirokimizni davom ettirdik. Menimcha yomon natijalar qayd etmadik. Kuchli to'rtlikka kirish uchun harakat qilgandik. Qaysidir joyda omad etishmadi. "Dinamo" bilan o'z maydonimizda o'tgan uchrashuvda oxirgi soniyalarda gol o'tkazib qimmatli ochkoni qo'ldan boy berdik. Yigitlarga rahmat aytmoqchiman. Biz uchun bu katta dars bo'ldi. Futbolchilar bugun besh soat yo'l yurib kelib bahsda g'alaba qozonishdi.

Raqibni bilamiz paslar bilan o'ynaydi. Menga eng yoqqan narsa Pro ligada o'tkinchi o'yinlarni yo'qligi. Mana "Oq-tepa" avvalgi turda "SHo'rtan"ni mag'lub etdi. Yoki safarda "Xorazm"ga yutqazdi. Biz mana bugun kelib g'alaba qozondik. SHiddat yuqori. Agar shu yo'sinda davom etsa futbolimizda o'sish bo'ladi.

Hal qiluvchi bosqichdagi o'yinlar boshqacha kechadi. Har bir o'tgan bahs tarix",- deydi Anvar Berdiev.



Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика