So’nggi yangiliklar

14:12"Шўртан" ва "Пахтакор" ўртасида нурсиз дуранг қайд этилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 13:45ОКМК "Бунёдкор"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:40Тез орада Хитой бош мураббийи эълон қилинади, якуний уч номзод орасида Кападзе бор  19 12:02Хуршид Ғиёсов: "Терма жамоадан чақирув олсам хурсанд бўламан ва ватан учун боримни бераман"  7 11:35"Барселона" де Йонг билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  2 11:16Авазбек Ўлмасалиев: "Буёғига Суперлигада осон баҳслар бўлмайди"  0 10:47АПЛнинг учта жамоасига "Реал" футболчиси керак  11 10:20Неймар яна жароҳат олди  6 09:53Романо Мессининг "Интер Майами"даги келажаги ҳақида фикр билдирди  1 09:25Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  0 08:56Аморим: "Рим Папаси ҳам мени қароримни ўзгартиришга мажбур қила олмайди"  11 08:28Опта. EЧЛда чемпионлик учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 08:00Легионерлар. Ўрунов жамоаси дуранг ўйнади. Мозговойнинг жамоаси эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  1 07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  13 06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  2

Anvar Berdiev: "Eng kerakli o'yinda imkoniyatni qo'ldan boy berdik" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Eng kerakli o'yinda imkoniyatni qo'ldan boy berdik"

Bugun Farg'onada PRO-Liganing qoldirilgan 9-tur uchrashuvi bo'lib o'tdi.




Mazkur tur doirasida Farg'onaning "Istiqlol" klubi Samarqandning "Dinamo" jamoasini qabul qildi. Uchrashuvdan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Anvar aka, bugungi o'yin haqida fikrlaringiz qanday?

- Bugungi o'yin haqida nima deyish mumkin? Eng kerakli o'yinda imkoniyatni qo'ldan boy berdik. Ochig'i o'z maydonimizda o'ynab turib bunday o'yin namoyish etishni tariflashga so'z topa olmayapman. Men o'yindan oldin futbolchilarga ko'rsatma berayapman, ular esa maydonga tushgach buning aksini ko'rsatishmoqda. "Dinamo" jamoasi xarakter ko'rsatgan xolda yutib ketdi. Avvalgi futbolchilarimiz jamoada bo'lganda hozir bazi futbolchilar 20 nafarlik ro'yhatga ham kirishmagan bo'lardi. Bu o'yinning muhimlik darajasi shundaki, futbolchilarga ko'rsatma bermasa ham vaziyatni his qilgan xolda maydonda borini berib harakat qilishi kerak.

- Qiyin vaziyatda jamoani qabul qilib oldingiz. O'zingizda qanday bosimni his qilmoqdasiz?

- Buni bahona qilish kerak emas. O'zimizni ko'rdik, nafaqat men, balki futbolchilar ham o'z-o'zlarini sinovdan o'tkazishdi. Futbolchilar o'tirib tahlil qilishi kerak, nega o'sha vaqtda asosiy tarkibda o'ynamagan ekanman deb. Men yana bir bor rahmat aytib o'tmoqchiman, viloyatimiz rahbari va jamoamiz boshliqlari deyarli yo'qolib ketayotgan jamoani saqlab qolishdi. Bizda umid paydo bo'lgandi.

- Jamoangiz bugun yomon o'yin ko'rsatgani yo'q. So'ngi daqiqalarda o'tkazib yuborilgan gol evaziga mag'lub bo'layapsizlar. Navbatdagi uchrashuvlar haqida nimalarni ayta olasiz? Masalan quyi to'rtlik uchrashuvlari haqida...

- To'g'risi biz quyi to'rtlik haqida o'ylab ham ko'rmagandik. Jamoa har o'yinda yaxshi o'yin ko'rsatib mag'lub bo'laversa, bu to'g'ri emas. Futbolda eng muhimi bu natija. Natija bo'lmasa harchand o'ynasangiz ham ahamiyatsiz bo'lib qoladi.

- Ayvazov va Asadov o'yinga kech qo'shilmadimikan?

- Ularga imkoniyat taqdim etdik. Bugungi uchrashuvda ular o'zlarini ko'rsatishlari uchun vaqt etarlicha edi. Undan oldingi o'yinlarda ham ularni ko'rdik. Futbolda g'alaba qozonish uchun gol urish kerak. Bitta imkoniyat gol bilan tugamadimi, takror harakat qilaverish kerak. Ochig'i bugungi o'yinni qanday izohlashga hayronman.

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика