So’nggi yangiliklar

16:41Рубен Санчес: "Мухлисларимизни яна бир бор ранжитишга ҳаққимиз йўқ эди"  0 16:06"Хоразм" — "Қўқон-1912". Асосий таркиблар маълум  1 16:02Тимур Кападзе Хитой мураббийи бўлиши ҳақидаги саволга аниқ жавоб берди  27 15:18"Ливерпуль" — "Эвертон". Мерсисайд дербиси учун таркиблар маълум  8 14:51Футзал. Ўзбекистоннинг Фаластинга қарши ўйин учун таркиби маълум  2 14:12"Шўртан" ва "Пахтакор" ўртасида нурсиз дуранг қайд этилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:45ОКМК "Бунёдкор"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:40Тез орада Хитой бош мураббийи эълон қилинади, якуний уч номзод орасида Кападзе бор  34 12:02Хуршид Ғиёсов: "Терма жамоадан чақирув олсам хурсанд бўламан ва ватан учун боримни бераман"  12 11:35"Барселона" де Йонг билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  3 11:16Авазбек Ўлмасалиев: "Буёғига Суперлигада осон баҳслар бўлмайди"  0 10:47АПЛнинг учта жамоасига "Реал" футболчиси керак  13 10:20Неймар яна жароҳат олди  6 09:53Романо Мессининг "Интер Майами"даги келажаги ҳақида фикр билдирди  2 09:25Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  0

Anvar Berdiev: "Bu yilgi mavsumda PRO-Ligada o'tkinchi o'yinlar bo'lmaydi" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Bu yilgi mavsumda PRO-Ligada o'tkinchi o'yinlar bo'lmaydi"

PRO-Liga 13-turidan o'rin olgan "Istiqlol" - "Xorazm" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev fikrlarini bildirib o'tdi.

- Anvar aka, bugungi uchrashuv haqida fikrlaringiz qanday?
- O'yin haqida nima deyish mumkin? Qiziqarli va qiyin uchrashuv bo'ldi. Jamoamiz qaytadan shakllanganida aytib o'tgandim, musobaqada oson uchrashuv bo'lmaydi. Barcha jamoalar har bir ochko uchun jon-jahdi bilan kurash olib borishadi. Bu yilgi mavsumda PRO-Ligada o'tkinchi o'yinlar bo'lmaydi.

Bizga qiyinchilik tug'dirgan yana bir xolat qoldirilgan uchrashuvlar evaziga tig'iz taqvimga duch keldik. Futbolchilarimizga bugun ko'rsatgan o'yinlari minnatdorchilik bildiraman. Ketma-ket ikki mag'lubiyatdan so'ng ruhan tiklanib maydonda o'z o'yinini namoyish etish oson ish emas. SHuni his qilgan xolda yigitlar bilan bugungi bellashuvga tayyorgarlik ko'rdik. Qiyin o'yin bo'ldi, yakunda g'alaba qozondik. "Xorazm" jamoasiga keyingi uchrashuvlarda omad tilayman.

- Hozir musobaqa jadvalida 4-o'rinni egallab turgan "Dinamo" bilan 2 ochkolik farq bor. Nima deb o'ylaysiz, "Istiqlol" yuqori to'rtlikka chiqa oladimi?

- Endi futbolda oldindan biron narsani aytib bo'lmaydi. Imkoniyat bormi, oxirigacha harakat qilamiz, kurashamiz. Yuqori to'rtlikka chiqishimiz raqiblar tomonidan qayd etiladigan natijaga ham bog'liq. Navbatdagi "Oq-tepa"ga qarshi o'yin ham oson o'tmasligi aniq. Bu o'yinga ham astoydil tayyorgarlik ko'ramiz va biz uchun ijobiy natija qayd etishga harakat qilamiz" - deydi "Istiqlol" bosh murabbiyi.



Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика