So’nggi yangiliklar

10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  1 09:48Пеп Гвардиола Алекс Фергюсоннинг Премер-лигадаги рекордини янгилади  2 09:20"Реал Мадрид" саккиз нафар футболчисини сотишга тайёр - DC  2 08:53Нури Шаҳин кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  2 08:25Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев кечаги учрашувда неча баҳо олишди?  5 07:59Грузиялик тўпурар ярим ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  11 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  8 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  20 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  11 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  7 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  47 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1

"Anri maydon chetida g'azabdan es-hushini yo'qotib qo'yay dedi". Taniqli franciyalik mutaxassisning Ilgiz Tantashev hakamlik qilgan o'yinda hakamlardan qanday jahli chiqqani haqida Yangiliklar

"Anri maydon chetida g'azabdan es-hushini yo'qotib qo'yay dedi". Taniqli franciyalik mutaxassisning Ilgiz Tantashev hakamlik qilgan o'yinda hakamlardan qanday jahli chiqqani haqida

FIFA hakami Ilgiz Tantashev "Fint Turaeva" podkastida Olimpiya o'yinlarida Terri Anri bilan bog'liq hodisa to'g'risida so'zlab berdi.

- Franciya - Gvineya uchrashuvining birinchi bo'limi oxirida gvineyaliklar gol urdi. Yordamchi hakam bayroqchani ko'tarmadi, men golni hisobladim, ammo ehtimoliy ofsaydni ko'rib chiqishni boshladik. VAR vaziyatni bir daqiqa tekshirdi, ikki daqiqa tekshirdi... Franciya olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Terri Anri bu paytda maydon chetida darg'azab bo'lib, o'zini yo'qotib qo'yayozdi va zaxira hakamiga "yopishib oldi": "Bu nimasi? Nega vaziyatni ko'rib chiqish buncha uzoq cho'zilyapti?!"

Gap shundaki, Olimpiya o'yinlarida yarim avtomatik ofsaydni aniqlash tizimi qo'llanilgan edi. Quloqchinlarda ofsayd bor-yo'qligi darhol eshitiladi. Ammo bu tizim ham mukammal emasdi, yani bu qurilma aniqlay olmaydigan holatlar mavjud edi. Bizning o'yinimizda ham shunday holat yuz bergan edi: gol urgan o'yinchi to'p uzatilgan paytda ofsaydda edi, u biroz orqaga, o'yinchilar jamuljam bo'lgan nuqtaga qaytib, yana oldinga yugurdi. Tizim buni aniqlay olmadi va biz ofsayd chiziqlarini qo'lda chizishga majbur bo'ldik. 

SHu payt VAR xonasidagi operator allaqanday tugmani bosdi-yu, hamma narsa g'oyib bo'ldi! Butun tizim o'chib qoldi. Biz maydonda kutib turibmiz. Anri chiziq yonida baqir-chaqir qilyapti, jamoa sardori Lyakazett yaqinlashib, bir nimalar deyapti. Hech kim hech narsani tushunmayapti, nega o'yin qayta boshlanmayapti, deb so'rashyapti.

Oxir-oqibat menga ofsayd bo'lganini va golni bekor qilish kerakligini aytishdi. Bularning barchasiga uch daqiqacha vaqt ketdi. O'yindan keyin hakamlik bo'yicha rahbarimiz buni "Disaster" ("Fojia") deb atadi.

Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" - OKMK o'yinida (0:2) VAR mehmonlar tomonidan urilgan golni 13 daqiqa davomida tekshirgandi.

Ilgiz Tantashev ishtirokidagi "Fint Turaeva" podkastining to'liq versiyasini quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin (rus tilida):


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика