Angliya TJning 2 nafar futbolchisi bo'lajak o'yinlarni o'tkazib yuboradi
05 sen 2023 14:28
Yangiliklar
Angliya TJning 2 nafar futbolchisi bo'lajak o'yinlarni o'tkazib yuboradi
Futbolchilar jarohat olishgan.
"Liverpul" himoyachisi Trent Aleksander-Arnold Angliya terma jamoasi o'yinlarida qatnashmaydi. Bu haqda ingliz nashrlari xabar berdi. Trent son mushaklaridan jarohat olgan.
"Manchester Siti" vingeri Jek Grilish ham son qismidan jarohat olib, Angliya terma jamoasi ixtiyorini tark etdi. Ayni vaqtda "Nyukasl" himoyachisi Kiran Tripper terma jamoaga kelib qo'shilgan.
Angliya terma jamoasi Evro-2024 saralashi doirasida 9 sentyabr kuni Ukrainaga qarshi o'ynaydi. SHuningdek, 12 sentyabr kuni esa SHotlandiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar