Angliya Liga kubogining markaziy o'yini qoldirildi
05 jan 2022 19:14
Yangiliklar
Angliya Liga kubogining markaziy o'yini qoldirildi
"Arsenal" va "Liverpul" o'rtasidagi Angliya Liga kubogining birinchi yarim final o'yini rejalashtirilganidek 6 yanvar kuni bo'lib o'tmaydi.
Angliya futbol ligasi rasmiy sayti mersisaydliklar lagerida koronavirus tarqalishi sababli uchrashuv boshqa muddatga qoldirilganini elon qildi.
SHu tariqa, Liga kubogi yarim finali doirasidagi "Arsenal" va "Liverpul" o'rtasidagi o'yinlar tartibi endi o'zgardi. 13 yanvar kuni "Enfild"da bo'lib o'tadigan o'yin javob o'yini emas, balki dastlabkisi bo'ladi. Javob o'yini esa bir haftadan so'ng, 20 yanvar kuni "Emireyts" stadionida bo'lib o'tadi.
Oldinroq "Liverpul" klubida koronavirus tarqalishi sababli asosiy jamoaning mashg'ulotlar bazasi yopilganini elon qilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar