Angliya Kubogi. "Manchester Siti" "Sautgempton"ni yirik hisobda dog'da qoldirib, yarim finalga yo'l oldi
20 mar 2022 21:52
Yangiliklar
Angliya Kubogi. "Manchester Siti" "Sautgempton"ni yirik hisobda dog'da qoldirib, yarim finalga yo'l oldi
12-daqiqada Raxim Sterling pastki burchakni nishonga olib, hisobni ochdi – 0:1. 45+2-daqiqada Lyaport o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ygach, hisob tenglashdi – 1:1.
62-daqiqada Kevin de Bryuyne penalti orqali "shaharliklar"ning ikkinchi to'pini kiritdi – 1:2. 75-daqiqada mahoratli yarim himoyachi Fil Foden darvozaning chap tarafini ko'zladi – 1:3.
78-daqiqada Riyad Marezning qoyilmaqom zarbasi darvoza to'ridan joy oldi – 1:4. SHunday qilib, Pep Gvardiola shogirdlari yarim final yo'llanmasini naqd qilishdi.
Sautgempton – Manchester Siti 1:4
«Sent-Meris»
Gollar: 0:1 – 12 Sterling, 1:1 – 45, avtogol Laport, 1:2 – 62, penalti de Bryuyne, 1:3 – 75 Foden, 1:4 – 78 Marez.
Sautgempton – Forster, Livramento, Stivens, Salisu, Uoker-Piters, Armstrong (Djenepo, 83), Elyunussi (Diallo, 88), Romeu (Smollboun, 88), Uord-Prouz, Long (Broya, 63), Armstrong (Adams, 63).
Manchester Siti – Steffen, Uoker, Stounz, Laport (Ake, 83), Joau Kanselu (Zinchenko, 82), Gyundogan, de Bryuyne, Rodri (Fernandino, 83), Grilish (Foden, 64), Sterling, Gabriel Jezus (Marez, 63).
Ogohlantirish: Steffen (71).



O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar