Angliya jahon chempionatida 17-bor ishtirok etadi
15 okt 16:43
Yangiliklar
Angliya terma jamoasi saralash bosqichi doirasida kuni-kecha safarda Latviyani 5:0 hisobida taslim etdi va mundial yo'llanmasini rasman qo'lga kiritdi.
Ushbu bahsda Entoni Gordon (26-daqiqa), Xarri Keyn (44, 45+4 penaltidan), 58-daqiqada Maksim Tonishevdan avtogol va Eberechi Eze (86) gollarga mualliflik qilishdi.
Angliya terma jamoasi jahon chempionatida 17-marta ishtirok etishadi, bu borada rekord Braziliya terma jamoasiga tegishli. Pentakampeonlar 23-bor mundialda ishtirok etishadi.
Qatarda o'tgan avvalgi jahon chempionatida jamoa chorak finalgacha etib borgan va Franciyaga imkoniyatni boy bergandi (1:2). Angliyaning jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi natijasi 1966 yilda o'z uyidagi g'oliblik hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar