So’nggi yangiliklar

01:47А Серия. "Милан" иродали ғалабага эришди  4 01:20"Бавария" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  0 00:45Расман: Ироқ термасига янги бош мураббий тайинланди  0 00:40Суперлига. Абрамов бошчилигидаги "Динамо" кичик ҳисобда ғалаба қозонди, "Андижон" эса дербида "Нефтчи"га мағлуб бўлди  1 00:19Вадим Абрамов: "Салбий ўйин кўрсатган бўлсак-да, натижа ижобий бўлди. Менга шуниси яхшироқ"  4 23:57Микель Артета: "Ҳакими жавоб ўйинида гол урмаслиги керак эди"  4 23:19Февзи Давлетов: "Ички муаммолар бор, буни биз ҳал қила олмаймиз"  3 22:57Вальверде Мбаппега таъриф берди  2 22:14Абрамов ва "Динамо"нинг навбатдаги қурбони "Сурхон" бўлди. Самарқандликлар мағлубиятсиз юришини давом эттирди  42 21:59"Барселона" ёзда Осиёга келади  1 21:27Артём Петросян: "Футболчилар руҳий жарликда. 3-4 кун ичида бу ҳолатдан олиб чиқиб бўлмайди"  13 20:55Виталий Левченко: "Таркибимизда йўқотишлар кўп. Ким соғлом ҳолатда бўлса, ўша ўйнаяпти"  5 20:29"Арсенал" "Ливерпуль"га чемпионлик йўлаги ташкил қилиб берадими? Артета жавоб берди  3 20:00Суперлига. "Нефтчи" "Андижон" майдонидаги водий дербисида устун келди  83 19:54"Реал"нинг азалий рақиби Лунин учун 25 млн евро беришга тайёр  0

"Manchester Yunayted" 10 kishi bo'lib "Emireyts"da "Arsenal"ni Angliya kubogidan chiqarib yubordi Yangiliklar

"Manchester Yunayted" 10 kishi bo'lib "Emireyts"da "Arsenal"ni Angliya kubogidan chiqarib yubordi

Birozdan so'ng Angliya kubogi 3-bosqich doirasidagi "Arsenal" - "Manchester Yunayted" o'yini boshlanadi.

Arsenal – Manchester Yunayted 1:1

12 yanvar, 20:00 | "Emireyts"

Gollar: 0:1 – 52 Brunu Fernandesh, 1:1 – 63 Gabriel.

Arsenal – Rayya, Gabriel, Saliba, Lyuis-Skelli (Trossard, 90), Timber (Parti, 100), Merino (Rays, 73), Jorjino (Tirni, 113), Edegor, Martinelli, Xavertc, Gabriel Jezus (Sterling, 40).

Manchester Yunayted – Bayyndyr, Martines, Maguayr (Yoro, 104), de Ligt, Brunu Fernandesh, Garnacho (Diallo, 80), Diogu Dalot, Maynu (Kollier, 81), Ugarte (Malasia, 90), Mazraui, Xeylund (Zirkze, 81).

Ogohlantirish: Martines (29), Brunu Fernandesh (38), Diogu Dalot (49), Maynu (56), Arteta (65), Gabriel (70), Maguayr (70), Xavertc (72).

CHetlatish: Diogu Dalot (61).

Arsenal

Gabriel - 63', Martin Oedegaard - 121', Declan Rice - 121', Thomas Partey - 121'

FA Cup . 3-tur

12/01/2025, 20:00

6
:
4
Tugadi

Manchester United

Bruno Fernandes - 52', Bruno Fernandes - 121', Amad Diallo - 121', Leny Yoro - 121', Lisandro Martinez - 121', Joshua Zirkzee - 121'

Stadion: Emirates Stadium, 60109 tomoshabin

45'
90'
120'
40'  Gabriel Jesus (Raheem Sterling)
63'  Gabriel
70'  Gabriel
70'  Martin Oedegaard
72'  Kai Havertz
73'  Mikel Merino (Declan Rice)
91'  Myles Lewis-Skelly (Leandro Trossard)
100'  Jurrien Timber (Thomas Partey)
113'  Jorginho (Kieran Tierney)
29'  Lisandro Martinez
38'  Bruno Fernandes
49'  Diogo Dalot
52'  Bruno Fernandes
52'  Alejandro Garnacho
56'  Kobbie Mainoo
61'  Diogo Dalot
70'  Harry Maguire
80'  Alejandro Garnacho (Amad Diallo)
81'  Kobbie Mainoo (Toby Collyer)
81'  Rasmus Hoejlund (Joshua Zirkzee)
91'  Manuel Ugarte (Tyrell Malacia)
104'  Harry Maguire (Leny Yoro)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! MYU juda qiyin o'yinda bir kishi kam holatda "Arsenal"ni mag'lub qildi va Angliya kubogidagi yurishini davom ettiradigan bo'ldi. "Arsenal" esa Arteta qo'l ostida bu yil ham Angliya Kubogini olmaydi.


MYU: Zirkzi - gol! 3:5.

"Arsenal": Parti - gol! 3:4.

MYU: Martines - gol! 2:4.

"Arsenal": Rays - gol! 2:3.

MYU: Yoro - gol! 1:3.

"Arsenal": Xavertc - seyv! 1:2.

MYU: Diallo - gol! 1:2.

"Arsenal": Edegor - gol! 1:1.

MYU: Brunu - gol! 0:1.

UCHRASHUV YAKUNLANDI!!! Penaltilar seriyasi ko'ramiz!

119. "Arsenal" hujumga o'tdi va qanotdan uzatilgan to'pga Mazraui boshi bilan o'ynaganda, Xavertc Nussairni tepib yubordi. Fol.

116. Bugungi o'yinda "Arsenal" burchakdan samara chiqara olmayotganini tushungan MYU futbolchilari ham chorasiz vaziyatlarda to'pni burchakka chiqarib yuborishmoqda. Hozir Malasiya shunday ish qildi. Burchakdan uzatmani Bayindir ushlab oldi.

114. Brunu Sterlingni yiqitdi. Uning ham sariq kartochkasi bor. Lekin bu vaziyatga Medli sariq ko'rsatmaydi. Aytgancha, bosh hakam ham o'zini ancha tartiblab oldi. Qo'shimcha bo'limlarni zo'r o'tkazyapti, uning borligi ham bilinmayapti.

111. AMAAAADDDD!! MYUning pozicion hujumi zarba bilan yakunlandi. Past bo'yli Amad balandroq bo'yli Jorjino bilan to'p uchun kurashda ustun keldi. Biroq Dialloning zarbasi kuchsiz va noaniq bo'ldi.

109. Martinelli ayyorona zarba yo'lladi. Bayindir to'pni ushlab oldi.

107. ZARBAAAAAAA! Zirkzening zarbasidan keyin to'p rikoshet hosil qilgan holda Rayya darvozasiga kirib ketayotgandi. Posbondan super seyv!

106. To'rtinchi bo'lim boshlandi.

Mini-tanaffus!

105+2. UXXXXXXX!! "Arsenal" golga yana yaqin keldi. Raysning boshi bilan yo'llagan zarbasi yo'nalishini o'zgartirib yuborish uchun Xavertcning oyog'i kaltalik qildi.

Birinchi qo'shimcha taymga 2 daqiqa qo'shildi.

104. Bugungi o'yinni yuqori darajada o'tkazgan Maguayr o'yindan olindi. Yoro maydonga tushmoqda. Maguni muxlislar olqishlar bilan kuzatib qo'yishdi.

102. IE! Qanday qilib! Trossar bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qila olmadi.

908. "Arsenal" ketma-ket burchak zarbalariga ega bo'ldi. MYU bugungi o'yinda kornerlar uchun alohida tayyorgarlik bilan kelgan ekan.

Mashhur futbol nashrlari bosh hakamning bugungi o'yindagi faoliyatini sharmandalik sifatida baholamoqda)

904. ZARBAAAAAA!! Martinellining zarbasini de Ligt podkat tashlab qaytardi!

90. Uchinchi bo'lim boshlandi!

Asosiy vaqt yakunlandi. Ekstra taymlarni ko'ramiz.

90+5. UXXXXXXXX!! Mankunianliklarning tezkor qarshi hujumidan keyin Amad Rayya bilan birga-bir holatga chiqib bordi. Seyv va offsayd.

90+4. ZARBAAAAAAAA! Raysning murakkab zarbasini Bayindir qaytardi! Burchak zarbasi esa samarasiz ketdi.

7 daqiqa qo'shildi. O'yinga yoki ikkinchi bo'limga deyishni ham bilmaysan kishi.

88. XAVVERTCCCCC! Deyarli bo'sh darvozani ishg'ol qila olmadi. Bu vaziyatda Kay to'pni qo'li bilan to'xtatib, o'ziga bo'ysindirgan ekan. Gol bo'lganida yana hakamlar xatosi bo'lgan bo'lardi :)

87. IE! G'alati holat. MYU tezkor qarshi hujumga o'tdi. Erda yotgan Amad Dialloga bir yo'la ikki raqibining to'rt oyog'i tegdi. Balki bu penaltiga tortmas, lekin jiddiy vaziyat edi.

80-daqiqaga kelib, Amorim o'yinga tasir o'tkazishni boshladi. U bir yo'la 3 o'zgarish amalga oshirdi.

76. BAYINDIIIIRRRRRRRR!!! Raysning boshi bilan yo'llagan zarbasini qaytardi!! Super reakciya! De Xeaning "Siti" bilan o'yindagi seyviga o'xshadi.

71. BAYINDIIIIIRRRRRR!! Adolat qaror topdi! Edegorning zarbasini turkiyalik posbon qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

Takroriy lavhalar orqali ko'rdik-ki, hakam "o'tirib qo'yibdi". Bu penalti emasdi. Abduqodir Husanovning vaziyati yodingizdami? Deyarli shunday holat.

69. PENALTI! MYU darvozasi tomon penalti belgilandi. Hakam o'ylanib turib, 11 metrlik nuqtaga ishora qildi.

66. UXXXXXXX!! Arsenal" hisobda oldinga chiqib olishi mumkin bo'lgandi. Zarbani Mazraui qaytarib yubordi.

63. GOOOOOOOOOOOOLLLL!!! Gabriel "Arsenal"ning sondagi ustunligidan unumli foydalandi! Aynan Dalot o'ynayotgan qanotdan to'p uzatildi. Himoyachilar ilk to'lqinni qaytarishdi. Qaytgan to'pga Gabriel zarba yo'lladi. To'p rikoshet hosil qilib, darvozadan o'rin oldi.

61. Qizil! Dalot maydondan chetlatildi. Mankunianliklar bir kishi kam bo'lib qolmoqda. Ha, uning to'pga tashlanishi sariq kartochkaga tortardi.

59. Ugarte oddiy joyda to'pni oldirdi va "Arsenal" tezlik bilan MYU jarima maydonchasiga yaqinlashdi. Edegorning zarbasini himoyachilar qaytarishdi va MYU tezkorlik bilan qarshi hujumga o'tib ketdi. Burchak zarbasi.

57. Ugarte qoidani buzdi. Standartdan uzatilgan to'pni MYU himoyachilari qaytardi.

54. ZARBAAAAAAA! Skellining to'p uzatishidan keyin himoyachilar to'pni qaytargandek bo'lishdi. Biroq to'p darvozadan 7 metr uzoqdagi Xavertcga bordi. Kay juda oson nuqtadan darvozani poylay olmadi.

53. Sterling zarba yo'lladi. Maguayr to'p yo'liga to'siq bo'ldi.

52. GOOOOOOOOOOOOLLLL!!! Fernandesh hisobni ochdi! MYU tezkor qarshi hujum uyushtirdi. Garnachoning ideal pasidan keyin Fernandesh ideal zarba yo'lladi. Rayya bu zarbaga reakciya ko'rsata olmadi.

49. Dalot ogohlantirildi. U Skelliga qarshi juda qo'pol o'ynadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

TANAFFUS!

45+3. Edegorning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

45+2. Sariq kartochkasi bor Lisandro raqibini ortidan ochiqchasiga yiqitdi. Bosh hakam uni kechirdi. Xavfli nuqtadan jarima zarbasi.

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shildi.

44. "Arsenal" yana burchak zarbasini amalga oshirdi. Uzatmani Bayindir ushlab oldi.

38. Haaaa, Angliya hakamlari g'alati-da. Brunu zarba berishga tayyor turganida ortidan Jezus Brununi yiqitdi. Brunu butsasi echilib ketganini ko'rsatdi. Hakam ishonmadi. Buni ko'rgan Brunu butsasini erga otdi. Hakam sariq kartochkani chiqarib, Fernandeshga ko'rsatdi.

35. MYU hujumga o'tdi. Garnachoning chap oyoqda o'tkir burchakdan yo'llagan zarbasini Rayya ushlab oldi.

29. Lisandro ogohlantirildi. "Arsenal"da o'rtacha darajadagi xavfli nuqtadan jarima zarbasi.

28. "Arsenal" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Undan uzatilgan to'pni himoyachilar qaytarishdi. Bugungi o'yinda ham "Arsenal" kornerlarga ko'proq ishonsa kerak.

24. Maynu zarba yo'lladi, Rayya qiynalmasdan ushlab oldi. O'yindagi ilk aniq zarba.

21. Mehmonlarga bitta to'p olib bersak bo'larkan, maydondagisini "Arsenal" bermayapti.

18. "Arsenal" gol urdi, umuman olganda chiroyli kombinaciyadan keyin Martinelli hisobni ochishi kerak edi. Lekin u offsayd holatiga chiqib ketgandi. Gol inobatga olinmadi. Aytganimdek, VAR yo'q, hakamlar nima desa shu bo'ladi.

17. Hozircha "Yunayted" raqib yarim maydoniga o'tmadi.

14. Edegorning uzatmasidan keyin Saliba boshi bilan noaniq zarba yo'lladi. Bahsdagi ilk zarba.

13. Endi Garnacho Salibaga qarshi fol ishlatdi. 9-daqiqada standart bo'lgan nuqta. Deyarli o'sha...

10. Standartdan to'p uzatildi, biroq "Arsenal" futbolchilari offsaydda qolib ketgani sababli vaziyat yakunlanmadi. Adashmasam Angliya Kubogining bu bosqichida VAR tizimi yo'q. Hakamlar vaziyatning yakunlanishini kutishmaydi.

9. Mazraui raqibini fol ishlatib yiqitdi. MYU darvozasi tomon standart.

7. Uchrashuvda ustunlik hozircha mezbonlar tomonida. Lekin Bayindir darvozasi yonida xavfli vaziyat yuzaga kelmadi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Hurmatli futbol ishqibozlari! "Emireyts"da bugun top-jamoalardan biri Angliya kubogi uchun kurashdan chiqadi. Yaqin soatlar davomida bu jamoaning nomini bilib olamiz.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика