So’nggi yangiliklar

13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  0 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  3 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  1 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  1 12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  3 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  2 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  20 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  3 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  2 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  5 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  5

Andrey SHipilov: "Men qorbobo emasman" Yangiliklar

Andrey SHipilov: "Men qorbobo emasman"

Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Dinamo" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Andrey SHipilov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Birinchi davra yakuniga ham etib keldik. Har bir tur uchrashuvlari qiyin o'tayapti. Men yigitlarga ham aytdim, ochkolarni birinchi davrada boy berib bo'ldik. Endi buyog'iga bo'shashishga haqqimiz yo'q. Xomiylar ko'magi bo'yicha muammo yo'q, ular juda tartibli insonlar. Muammo o'zimizda bo'lyapti, bazida omad etishmayapti, ayrim o'yinlarda esa vaziyatlarni yakunlashda kamchiliklar ko'zga tashlanayapti. Xatolarimiz ko'p, musobaqa jadvalida quyi o'rinda yurganimizning ham sababi shu. Bugungi o'yin ham bizning hozirgi darajamizni ko'rsatib berdi. O'yin futbol o'ynash uchun qulay vaqtda boshlandi. Maydon xolati ham talabga to'laqonli javob beradi. Tashkilotchilarga rahmat. Men shuncha yillik faoliyatim davomida Yaypanga ilk bora keldim. Farg'onadan Bag'dod, Rishton, Marg'ilon va Qo'qonda bo'lganman.

Toshkentda va Bekobodda ishlaganman. Mana kuni kelib Samarqandda ishlayapman. Bu erda juda yaxshi insonlar ish olib boradi. Men klubda sport direktori lavozimida ishlab kelayotgandim. Rahbariyat taklif bilan chiqib bosh murabbiylikni ishonib topshirishdi. Muammolar ko'p. Men qorbobo emasman. Birdaniga natijalarni ijobiy tomonga o'zgartirib qo'ya olmayman. Oldimizda vaqt bor, xato va kamchiliklarni tahlil qilamiz", -deydi Andrey SHipilov.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика