So’nggi yangiliklar

17:42"Хоффенхайм" — "Бавария". Таркиблар маълум  0 17:08Футзал. Ўзбекистон Фаластинни тор-мор этди  9 17:00Суперлига. "Хоразм" — "Қўқон-1912" 0:0 (матнли трансляция)  2 16:41Рубен Санчес: "Мухлисларимизни яна бир бор ранжитишга ҳаққимиз йўқ эди"  0 16:02Тимур Кападзе Хитой мураббийи бўлиши ҳақидаги саволга аниқ жавоб берди  40 15:18"Ливерпуль" — "Эвертон". Мерсисайд дербиси учун таркиблар маълум  9 14:12"Шўртан" ва "Пахтакор" ўртасида нурсиз дуранг қайд этилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:45ОКМК "Бунёдкор"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:40Тез орада Хитой бош мураббийи эълон қилинади, якуний уч номзод орасида Кападзе бор  37 12:02Хуршид Ғиёсов: "Терма жамоадан чақирув олсам хурсанд бўламан ва ватан учун боримни бераман"  13 11:35"Барселона" де Йонг билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  3 11:16Авазбек Ўлмасалиев: "Буёғига Суперлигада осон баҳслар бўлмайди"  0 10:47АПЛнинг учта жамоасига "Реал" футболчиси керак  13 10:20Неймар яна жароҳат олди  6 09:53Романо Мессининг "Интер Майами"даги келажаги ҳақида фикр билдирди  2

Andrey SHipilov: "Balki mashg'ulotda gol urish ustida ishlashni to'xtatishimiz kerakdir..." Yangiliklar

Andrey SHipilov: "Balki mashg'ulotda gol urish ustida ishlashni to'xtatishimiz kerakdir..."

Superliga 21-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Nasaf"(0:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Andrey SHipilov fikrlarini bildirib o'tdi.




"Yaxshi o'yin bo'ldi. 75 daqiqa davomida o'yin nazoratini o'z qo'limizda ushlab turdik. Bittagina taktik xato tufayli standartdan gol o'tkazib yubordik. Raqib yaxshi o'ynadi, biz ham taktik tomonlama yaxshi to'p tepdik. Gol o'tkazib yuborilgunga qadar juda xotirjam edim. O'sha vaziyatni tomosha qildim, juda qo'pol xatoga yo'l qo'yilgan, tajribali futbolchilar bunday xatoga yo'l qo'yishga haqqi yo'q. Nima ham deya olardim, "Nasaf"ni tabriklayman. Yaxshi jamoa va yaxshi o'yin namoyish etmoqda.

Bugun zaxiradan maydonga tushganlar o'yinimizni kuchaytira olishmadi. Bobojonovni almashtirganim mening ham xatoim bo'ldi. U juda ham foydali o'ynayotgandi. Yana beshta tur qoldi, futbol o'ynashni davom etamiz", - deydi SHipilov. 

- Oxirgi 4-5ta o'yinda "Metallurg" yuta olmayapti. Bunga nima sabab bo'lmoqda...

- Vaziyatlardan foydalana olmayapmiz. "Buxoro" bilan o'yinda juda ko'p vaziyat yaratgandik. Bugun u qadar ko'p imkoniyat yaratmadik, lekin hech bo'lmasa durangga loyiq edik. Buning ustida ko'p ishlayapmiz, balki mashg'ulotlarda vaziyatlarni yakunlash borasida ishlashni to'xtatsak gol urishni boshlarmiz. Balki kimdir futbolda barcha narsaga erishib bo'ldim deb o'ylayotgandir, bu faqat uning shaxsiy fikri va bu xato. Har kuni mashg'ulotda isbotlashing kerak. Mashg'ulotda bor kuching bilan ishlamasang to'p ham darvozaga kirmaydi. Demak, mahalliy yoshlardan top hujumchi izlaymiz.

- Doniyor Narzullaevning harakatlariga qanday baho berasiz? Birinchi taymda ko'p noaniq paslar berdi.
- Ha, buni to'g'ri sezdingiz. Birinchi taymda to'p bilan ko'proq muomala qilishini aytdim. U to'psiz ham foydali o'ynay oladigan futbolchi. Doniyor o'yinimizni susaytirgani yo'q. Barchada pasayish bo'ladi, u birinchi turdan buyon o'ynamoqda va ko'plab golli uzatmalar bergan. Narzullaevning o'yinida u qadar pasayish bo'lgan deb ham aytmagan bo'lardim, bizda butun mavsum davomida "o'rada" yurgan futbolchilar bor.


Reyting: -25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика