So’nggi yangiliklar

07:55Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  0 07:46Отабек Нарзуллаев: "Ютишимиз ёки ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  0 07:28Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 07:10Суперлига. "Сурхон" — "Машъал" 0:0  0 06:50ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Наполи" 2:0  1 01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  33 01:52ЕЧЛ. "Манчестер Сити" "Наполи"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  46 01:15АПЛда бирорта очко йиғмаган клуб бош мураббийи билан шартномани узайтирди  0 00:50Беллингем дербига қадар сафга қайтиши мумкин  1 00:19"Реал"нинг аппеляцияси яна рад қилинди  9 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0 23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  24 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  8

Andrey Miklyaev: "Ijobiy natijalar Kapadzening kelishi bilan bog'liq" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "Ijobiy natijalar Kapadzening kelishi bilan bog'liq"

Superliganing 15-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Navbahor" (1:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Andrey Miklyaev o'z fikrlarini bildirdi.




"Juda muhim 3 ochkoni qo'lga kiritdik. Jamoa o'ziga kelmoqda, bu Timur Kapadzening kelishi bilan ham bog'liq. Bizda avlodlar almashinuvi sodir bo'lmoqda. Bugun o'yin bo'yicha ham, natija bo'yicha ham raqibdan ustun keldik. Yigitlarga rahmat aytaman, ular barcha ko'rsatmani to'liq bajarishdi. Jadvalda biroz yuqoriga ko'tarildik, imkon qadar ko'proq ochko olishda davom etmoqchimiz", - deydi Andrey Miklyaev.

- Jamoa butun 90 daqiqa davomida pressing qildi. Hatto hujumchilar ham. Futbolchilar charchab qolishidan qo'rqmadingizmi?

- Balki sizga shunday tuyulgandir, 90 daqiqa davomida pressing qilish qiyin. Bugun 6 nafar futbolchimiz maydonga tusha olmadi, jarohat, diskvalifikaciya tufayli. Kapadze maydon chetida yigitlarni oldinga boshladi va raqib maydonida pressing qilishga urindik.

- "Lokomotiv"ning moliyaviy holati yaxshilandimi?

- Bizda doim moliyaviy holat bir maromda bo'lgan. Pandemiya davrida albatta shahar bo'ylab yurish qiyin bo'ldi, ammo moliyaviy muammo bo'lmagandi.



- Dilshod Komilov o'yiniga qanday baho berasiz?

- U yosh futbolchi, yoshlar jamoasida o'zini ko'rsatdi. Zoteev va Hoshimov ketgach joy bo'shadi va yoshlarni asosiy tarkibga jalb qilayapmiz. Biz yangi futbolchilar sotib olmadik hamda yoshlarga etibor qaratdik. Bugun nafaqat Komilov, balki butun jamoa yaxshi o'ynadi.

- Rahbariyat yangi murabbiylar shtabiga aniq maqsad qo'yganmi?

- Biz hozircha ikkita o'yinda g'alaba qozondik. Jamoa ketma-ket mag'lubiyatga uchrayotgandi, shu bois hozir aniq vazifa yo'q. Kapadze "Lokomotiv" sobiq azosi u ham, men ham klub taqdiriga befarq emasman. Bugun ajoyib o'yin bo'ldi deb o'ylayman.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика