So’nggi yangiliklar

19:30Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" (матнли трансляция)  7 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  1 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  3 17:44Суперлига. "Сўғдиёна" - ОКМК 3:0 (матнли трансляция)  10 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  12 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  16 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1

Andrey Fyodorov: "O'yinni yaxshi boshlab, yomon tugatdik" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "O'yinni yaxshi boshlab, yomon tugatdik"

Superliganing 21-turi doirasida "Neftchi"ga (1:1) qarshi uchrashuvdan keyin "Lokomotiv"da bosh murabbiy v.v.b. Andrey Fyodorov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Bugungi bahs odamda ikki xil tasavvur qoldirdi. O'yinni yaxshi boshladik, yomon tugatdik. Erta urilgan gol yigitlarni ruhiy tomondan sokinlashtirdi, bu gol bizga ko'proq negativ emociyalar taqdim qildi. Asosiysi, o'z tempimizni saqlab qolishga intildik. "Neftchi" esa tempni tushirishga harakat qildi. Bilasiz, 8-9 kishilk himoyadan o'tish qiyin.

Futboldagi qonun bugun ham isbotini topdi: "Sen urmasang, senga urishadi". Bu o'yin orqali yanada ko'proq ishlashimiz kerakligini bilib oldim. Keyingi bahs juda qiyin o'tadi. "Buxoro" o'z maydonida anchagina kuchli o'yin ko'rsata oladi. Endi hafsalani tushirmasdan, keyingi bahsda barcha qurollarni ishlatish kerak.



Katta tanaffusdan keyin o'yinimiz biroz o'xshamayapti. "Qizilqum" bilan bahsda ham shunday bo'lgandi. Yigitlarda o'yin processi buzilmoqda. Nima ham qilardik, format shunday.

Pogrebnyak? Murabbiy hech qachon mamnun bo'lmaydi. Bugun uning "Lokomotiv" futbolchisi sifatidagi birinchi rasmiy uchrashuvi bo'ldi. Yig'inlarda yaxshi tassurot qoldirgandi. Uni faqatgina mashg'ulot uchun olib kelmaganmiz. Nikolayning xizmatlaridan ko'proq foydalanishga harakat qilamiz.

Temurxo'ja Abduxoliqov: "Yutish uchun birgina gol kamlik qildi. Yaratilgan ko'plab vaziyatlardan foydalana olmadik. Tezkor urilgan goldan keyin sekinlashdik. So'nggi daqiqalarda "Neftchi" golga anchagina yaqinlashdi. Barchasi shunga borayotgandi. Golga o'zimiz sababchimiz. Ushbu bahs bizga kerak emas, yo'qotilgan ochkolar hech narsani anglatmasligini hisobga olib, o'zimizni ovutamiz. Hech nima bo'lmadi. Endi Buxoroda bo'ladigan qiyin o'yinga jiddiy tayyorlanamiz".

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика