So’nggi yangiliklar

13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  0 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  0 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  0 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   4 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  17 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0

Andrey Fyodorov “Neftchi”da ish boshladi! Yangiliklar

Andrey Fyodorov “Neftchi”da ish boshladi!

O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq himoyachisi, Farg'ona futboli tarbiyalanuvchisi Andrey Fyodorov kuni-kecha “Neftchi” FK qarorgohiga tashrif buyurdi.
Professional futbolchilik faoliyatining ilk yillarini aynan “Neftchi”da o'tkazgan Fyodorov jamoa bazasi va stadioni bilan tanishib chiqdi va umuman o'zi uchun qadrdon bo'lgan klubning bugungi kuni bilan qiziqdi.

 1998 yili futbolchilik faoliyatida tub burilish yasab, Rossiya chempionatiga yo'l olgan Fyodorov u erda o'ziga yarasha hurmat qozongani barchaga yaxshi malum. Ayniqsa uning “Rubin”da futbolchi sifatida o'tkazgan 8 mavsumi samarali kechgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Kozon jamoasi tarkibida 100dan ziyod uchrashuvda maydonga chiqib, o'z aktiviga 15ta gol yozdirib qo'ygan sobiq himoyachi 2012 yildan aynan ushbu “Rubin” klubida selekciya bo'limi boshlig'i sifatida ish boshladi.

Jamoaning sobiq bosh murabbiyi Qurbon Berdievning yaqin maslahatchilaridan biri bo'lgan Andrey Vitalevich o'zi uchun yangi bo'lgan lavozimda bir yil ishladi.

Yaqinda Fyodorov “Neftchi” FK ofisida bo'lib, klub rahbariyati bilan uchrashdi. O'zaro suhbatdan so'ng, Andrey Vitalevichning jamoamiz murabbiylar shtabida ishlashi malum bo'ldi.

 

Fyodorov endilikda bosh murabbiy Murod Ismoilovga yaqin maslahatchi murabbiy sifatida yordam beradi va shu bilan birga selekciya ishlari bo'yicha ham shug'ullanuvchi shaxsga aylandi.

 

Yodingizda bo'lsa klub raisi Tohir Kapadze “Neftchi”da ish boshlagan kezlarida jamoaga mahalliy murabbiy va futbolchilarni jalb etish asosiy maqsadlaridan biri ekanligini aytib o'tgandi. Ko'rib turganingizdek “Neftchi” tarkibida ilgari futbolchi sifatida 100dan ortiq uchrashuvda maydonga tushgan Fyodorov endilikda murabbiy sifatida jamoaga xizmat qiladigan bo'ldi.

Uning jamoada ish boshlashini klub raisi quyidagicha izohladi: - Hammaga yaxshi malumki, Andrey Fyodorov Farg'ona futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning futbolchi sifatida erishgan yutuqlari tahsinga loyiqdir. Albatta bunday professional yosh murabbiyning jamoamizda faoliyat yuritishi foydadan xoli emas. Fyodorovning boy tajribasi “Neftchi”ga asqotadi. SHuning uchun ham uni murabbiy sifatida jamoaga qaytarishga qaror qildik - deydi Tohir Kapadze.   


Darvoqe, bugun mashg'ulotdan oldin Andrey Vitalevich murabbiy sifatida futbolchilarga tanishtiriladi.

Malumot uchun:
Fyodorov Andrey Vitalevich
Tug'ilgan yili: 10.04.1971
Tug'ilgan joyi: Farg'ona viloyati, Marg'ilon shahri
Fuqaroligi: O'zbekiston, Rossiya
Bo'yi: 185
Vazni: 80

Futbolchilik faoliyati:

Jamoa

Yili

O'yin

Gol

“Avtomobilchi” (O'zbekiston/Qo'qon)

1989-1991

44

2

“Neftchi” (O'zbekiston/Farg'ona)

1992-1995

114

31

“Neftchi” (O'zbekiston/Farg'ona)

1997

24

5

“Alaniya” (Rossiya/Vladikavkaz)

1998-1999

42

1

“Baltika” (Rossiya/)

1999

14

0

“Rubin” (Rossiya/Qozon)

2000-2008 

127

15

O'zbekiston milliy terma jamoasidagi faoliyati:

O'zbekiston milliy terma jamoasi

1994-2006

65

7

Murabbiylik faoliyati:

"Rubin"da selekciya bo'limi boshlig'i

2012-2013


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика