Andoni Iraola: "Siti"ni mag'lub etish, "Real"ni yutishga o'xshab ketarkan"
03 noy 2024 08:35
Yangiliklar
Andoni Iraola: "Siti"ni mag'lub etish, "Real"ni yutishga o'xshab ketarkan"
"Bornmut" bosh murabbiyi bu g'alabani "Rayo Valekano"da ishlab yurgan davrida "Real"ni yutganiga o'xshatdi.
"O'xshash. "Siti"ni engish, "Real"ni mag'lub etishga nimalari bilandir o'xshab ketarkan. Bunday bellashuvlarda siz eng yaxshi o'yiningizni ko'rsatishingiz zarur va raqibda, aksincha, unchalik omadli kuni bo'lmasligini kutishingiz kerak bo'ladi.
Biz bosimni his qilishimiz kerak edi va uchrashuv oxirida ayniqsa qiyin bo'ldi. Men juda mamnunman, etibor qaratishingizni istardim – "Siti"ni shunchaki hisobda mag'lub etish bitta masala, ammo ulardan yaxshiroq o'yin ko'rsatish bu butkul boshqa masala. Biz qo'rqmasdan harakat qildik, imkoni bo'lganda pressing uyushtirishga urindik va zarur payt himoyalandik. Oxirgi 10 daqiqa ayniqsa xavfli edi. Bosim juda kuchli edi", – dedi "Bornmut" bosh murabbiyi "Sky Sports"ga intervyusida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar