So’nggi yangiliklar

13:30МЮ Шешко бўйича таклифини оширди  0 12:59Италияда жамоа Б Серияга тушиб кетса футболчиларнинг маоши автоматик тарзда сезиларли даражада камаяди  0 12:19"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" ҳужумчиси бўйича келишувга эришди  1 11:49Мураббий илк бор ҳакамларни тайинлаш қўмитасига киритилди   1 11:32"Реал" тарбияланувчиси энди асосий жамоа билан шуғулланади ва 9-рақамни олади  1 10:42Рахим Стерлинг фаолиятини бошқа бир Лондон клубида давом эттириши мумкин  3 10:10АПЛнинг 4 та клуби ПСЖ ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  1 09:37Зидан келаси йил мураббийликка қайтади  5 09:06Шукрон Йўлдошев: “Жамоамизни муҳим баҳс кутиб турибди”  1 08:35Сон МЛС тарихидаги энг қиммат трансферга айланади  1 08:04Португалия футболи афсонаси 53 ёшида юрак хуружидан вафот этди  1 07:37Суперлига. "Пахтакор" — ОКМК 1:2. Фламарионнинг голи ҳисобга олинмади  5 07:28Суперлига. Бугун 17-тур давом эттирилади  5 01:50U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор"дан кичик, "Андижон"дан 7:2 ҳисобидаги ғалаба ва бошқа натижалар  4 01:30Заид Таҳсин: "ОКМКдан устун эдик. "Пахтакор" аъзоси бўлиш шараф"  3

“Andijon”ning tayyorgarligi davom etmoqda Yangiliklar

“Andijon”ning tayyorgarligi davom etmoqda

Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan “Andijon” jamoasi o'quv-mashg'ulot yig'inining dastlabki bosqichini davom ettirmoqda.
15-dan 29 dekabrga qadar mo'lajallangan ushbu yig'inning ikkinchi haftasi ham boshlandi. Mashg'ulotlar SHo'rbuloq dahasidagi ixtisoslashtirilgan futbol maktabi internatining suniy qoplamali maydonida olib borilyapti. SHuningdek, futbolchilar har ikki kunda bir trenajyor zalida ham shug'ullanishmoqda.

“Andijon” bosh murabbiyi Edgar Gess Germaniyaga ketganini xabar qilgandik. SHu bois birinchi yig'in uning yordamchilari boshchiligida o'tmoqda. Gessning yordamchisi Oleg Tyulkin 22 va 23 dekabr kunlari Toshkentda tashkil etilgan murabbiylar seminarida ishtirok etib qaytdi. Bu paytda mashg'ulotlarni Vitaliy Legay, Qahramon Abduqodirov va Server Esetov o'tkazishdi. Tarkib haqida gapiradigan bo'lsak, bu yil “Andijon” sharafini himoya qilgan mahalliy futbolchilarning deyarli barchasi mashg'ulotlarda qatnashmoqda. Birgina Bahrom Abdurahimov betobligi bois yig'inda ishtirok etmayapti.

O'tgan hafta tarkibda ko'rinmagan jamoaning tajribali himoyachisi Rahim Qodirov seshanba kuni safga qaytdi. Yangi o'yinchilardan darvozabon Eldor Isaboev ushbu haftadan mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda. O'tgan yili birinchi liga jamoalarida faoliyat olib borgan Isaboev hozircha ko'rikdan o'tmoqda.

SHuningdek, o'z vaqtida “Andijon”ning asosiy va yoshlar jamoalarida o'ynagan Isroil Tursunov, Lochin Dolimov, Dilmurod Mamayusupov, Jasur Yo'ldoshev, SHoyad Mullajonov kabi futbolchilar bundan tashqari Vitaliy Zoteev, Rinat Muslimov va Akmal Ergashev ham mashg'ulotlarda qatnashishmoqda. Bu futbolchilarning taqdiri qanday kechishi hozircha malum emas.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика