So’nggi yangiliklar

10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  2 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  5 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   2 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  2 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   8 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  14 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  3 02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  15 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  35 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  421 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  9 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0

"Andijon"ning Turkiya yig'inidagi raqiblari bilan tanishing Yangiliklar

"Andijon"ning Turkiya yig'inidagi raqiblari bilan tanishing

Ayni paytda qishki tatilda bo'lgan “Andijon” 2024 yilgi mavsum uchun tayyorgarlik rejalarini ishlab chiqmoqda.

Yangi chempionatga hozirlik ko'rish jarayonida xorij yig'ini juda muhim ahamiyat kasb etadi va shunga binoan “Burgutlar” bu safar ham Turkiyaning Antaliya shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazishi rejalashtirilgan. 


Jumladan, 24 yanvardan 14 fevralgacha tashkillashtiriladigan Turkiya yig'ini mobaynida "burgutlar" 7 ta xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishi ko'zda tutilgan. Etiborlisi, jamoaning sparring-raqiblar sifatida kuchli klublarga qarshi maydonga tushishi albatta quvonarli. Hozirga qadar “Andijon”ning Antaliya yig'inidagi 3 ta raqibi malum bo'ldi.


1 fevral. CSKA (Rossiya) – “Andijon”


Kuchli va nomdor raqib. Ko'plab sovrinlarni yutgan CSKAga ortiqcha tarif shart emas. Rossiya premer-ligasida qishki tanaffus boshlangan. “Armiyachilar” musobaqa jadvalida 28 ochko bilan hozircha 8-o'rinda. Vladimir Fedotov bosh murabbiylik qilayotgan jamoa safida hamyurtimiz Abbosbek Fayzullaev to'p tepayotganidan yaxshi xabardorsiz. Taniqli darvozabon Igor Akinfeev sardorligidagi klubga qarshi bo'lajak o'yin jamoa uchun har tomonlama foydali bo'lishi shubhasiz. Bu kabi bellashuvlar har doim ham bo'lavermaydi.  


4 fevral. “Andijon” – “CHernomorec” (Ukraina)


"Andijon"ning keyingi raqibi Ukraina premer-ligasi vakili hisoblangan Odessaning “CHernomorec” klubidir.  Hozirda Ukraina chempionatida ham qishki tanaffus yuzaga kelgan. “CHernomorec” 10 dekabr kuni 17-tur doirasida “Kolos”ni 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, ochkolarini 22 taga etkazdi va 8-o'ringa ko'tarildi. Keyingi tur uchrashuvlari 2024 yilning fevral oyi oxirlarida davom ettiriladi. Ungacha esa Roman Grigorchuk bosh murabbiyligidagi “CHernomorec” klubi ham qishki tayyorgarlik jarayonlarini olib boradilar va Antaliya yig'in doirasida “Andijon”ga qarshi nazorat bahsida maydonga tushishadi.


12 fevral. “Andijon” – “Aleksandriya” (Ukraina)


“Burgutlar”ning navbatdagi raqibi ham Ukraina premer-ligasi jamoasidir. Bu safar “Aleksandriya”ga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkaziladi. Bu klub Ukraina chempionatining 11 dekabr sanasida 17-turi doirasida safarda “Metallist 1925” jamoasini 0:3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Natijada 16 ochko bilan 11-pog'onaga chiqib oldi. 


“Aleksandriya” klubini hozirda 42 yoshli mutaxassis Ruslan Rotan boshqarib bormoqda. O'z vaqtida Ukraina milliy terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Ruslan Petrovich futbolchi sifatida “Dnepr”, “Slaviya”, “Dinamo” Kiev singari klublarda to'p surgan. Rotan ayni paytda parallel ravishda Ukraina olimpiya terma jamoasi ustozi ham sanaladi.


“Andijon” jamoasi yuqorida takidlab o'tganimizdek, Antaliyada 7 ta nazorat o'yinida maydonga tushishi rejalashtirilgan va ularning bo'lajak 3 ta raqibi haqida tanishtirib o'tdik. Malum bo'lishicha, Aleksandr Xomyakov boshchiligidagi andijonliklarning boshqa raqiblari ham nomdor klublar bo'lishi kutilmoqda. Reja bo'yicha Turkiyada asosan kuchli jamoalarga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazilishi rejalashtirilgan. Tez orada qolgan raqiblar ham malum bo'ladi. Bizni kuzatishda davom eting!


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика