So’nggi yangiliklar

02:53Элит ОЧЛ. Энг яхшилар аниқланди  3 02:44"Машъал" "Бухоро"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:37Ла Лига. "Барселона" камбэк эвазига меҳмонда "Вальядолид"ни таслим этди  123 02:31Бундеслига. "Боруссия" ўз уйида "Вольфсбург"ни йирик ҳисобда таслим этди  0 02:00А Серия. "Наполи" ва "Интер" рақибларини минимал ҳисобда мағлуб этди  1 00:49Февзи Давлетов: "Пахтакор" биз кутгандай ўйнади, барча режаларимиз иш берди"  3 23:41РПЛ. "Рубин" меҳмонда "Краснодар"га мағлуб бўлди, Ашурматов захирада қолдирилди  1 23:31Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" финалда "Кавасаки Фронтале"ни мағлуб этиб, чемпионликка эришди!  20 23:09Туркия Суперлигаси. "Галатасарой" "Сивасспор"га қарши ўйинни биринчи бўлимдаёқ ҳал қилди, Турғунбоев захирада қолдирилди  1 23:05Педру Морейра: "Ўзбекистон чемпионати осон эмас. Йигитларим бугунга ўйинда охиригача ҳаракат қилиб, характер кўрсатишди"  22 22:52Миржалол Қосимов: "Яратганга шукр, бизни ҳаракатимизга яраша мукофотлади"  13 22:41Александр Хомяков: "Ҳафсалам пир бўлди"  53 22:38ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда "Араз" билан дуранг ўйнади, Раҳмоналиев биринчи бўлимнинг ўзида захирада майдонга тушди ва сариқ карточка олди  0 22:34Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Страсбур"га мағлуб бўлди  5 22:23Асрор Алиқулов: "Бухоро" ўз услубини ўзгартиргани йўқ. Биз эса қийин ғалабага эришдик"  7

"Andijon"ning sensacion mag'lubiyatiga kim aybdor? Yangiliklar

"Andijon"ning sensacion mag'lubiyatiga kim aybdor?

"Andijon" Superliga 8-turi doirasida musobaqa etakchilardan biri OKMK maydoniga safar qiladi.

O'zbekiston Kubogi sohibi bo'la turib, universitet jamoasiga yutqazish va musobaqani muddatdan avval tark etish xuddi fantastikadek tuyuladi, biroq "Andijon" uchun emas. Aleksandr Xomyakov shogirdlari bir necha kun avval O'zbekiston Kubogi guruh bosqichi doirasida Qarshi davlat Universiteti qoshidagi "Lochin" jamoasiga imkoniyatni boy berdi va muddatdan guruh bosqichida qolib ketadigan bo'ldi.


"Burgutlar" dastlab "Surxon"ga o'z o'yida 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. "Surxon" g'alaba golini 89-daqiqada kiritib, g'alabani ilib ketgan edi. Dastlabki turdagi mag'lubiyat tufayli, "Andijon" guruhdan chiqish vazifasini biroz qiyinlashtirib yuborgan edi, ammo ikkinchi turdagi raqib kvartetdagi eng kuchsiz jamoa bo'lishini bilgan, andijonlik futbolchilar keradigan ortiq xotirjamlikka berib yuborgan shekilli. Uchrashuvda 85-daqiqaga nursiz durang qayd etilayotgan edi, ammo ikkinchi bo'lim startidan avval "Lochin" safidagi eng mashhur va mahoratli futbolchi Zafar Polvonov o'rniga yosh Og'abek Mahmadaminov hisobni ochdi. Mahmadaminov "Andijon"ning yangi legioneri Miomir Durichkovichning palapartish harakatlaridan so'ng yuzaga kelgan himoyadagi xatodan unumli foydalanib ketdi. "Andijon"ning javobi esa o'zini ko'p kuttirmadi. Oleg Zoteev raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi va penalti ishladi, 11 metrli jarima zarbasidan esa Mirzad Mexanovich unumli foydalandi. Qolgan daqiqalarda mehmonlar bosim qila boshladi va vodiylik jamoa so'nggi daqiqalarda g'alabani ilib ketadigandek tuyulayotgan edi, ammo 90+2 daqiqadagi autdan boshlangan hujum Suhrobbek Toshkenboevning raqib posboni bilan birga bir vaziyat bilan yakunlandi. Toshkenboev to'pni Valijon Rahimov oyoqlari orasidan o'tkazgan holda darvozani ishg'ol etdi. 

Guruhdagi ikkinchi bahsda "Surxon" Termizda "Dinamo"ni qabul qildi. Anvarjon Hojimirzaevning yagona goli samarqandliklarning g'alabasini taminladi. Shu tariqa, Vadim Karlenovich shogirdlarining navbatdagi g'alabasidan so'ng "Andijon" pley-offga chiqish uchun barcha nazariy imkoniyatlarini yo'qotdi.



So'nggi yillarda Kubok bahsining final uchrashuviga qadar etib kelgan klublar keyingi mavsumda muvaffaqiyatsiz ishtirok etayotgani guvohi bo'ldik. O'zbekiston Kubogi 2023 yilgi mavsumidagi finalchilar "Nasaf" va OKMK, o'tgan mavsumdagi ishtirokini guruh bosqichidayoq yakunlagan edi. Ketma-ket uch mavsum davomida g'oliblik shohsupasini hech kimga bermagan "Nasaf" guruh bosqichida faqatgina bir ochko to'plab, guruhda so'nggi o'rinni egallagan edi. Biroq, "Nasaf" o'tgan mavsumda "Navbahor", "Dinamo" va "Andijon" jamoalari bilan guruhdan o'rin olgan va ushbu kvartet "o'lim” guruhi deb deya atalgan edi. "Ajdarlar" dastlabki uchrashuvda "Navbahor"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'lishadi, keyingi bahsda esa "Dinamo" bilan 3:3 hisobidagi murosa ko'chasi tanlangan bo'lsa, safarda o'tkazilgan "Andijon"ga qarshi bahsning so'nggi daqiqalarida gol o'tkazib yuborib, musobaqani erta tark etadi.



2023 yilgi mavsum finalchisi OKMK esa o'tgan mavsumni Pro-Ligada o'tkazgan "Buxoro" va "Mashal", shuningdek "Aral" klubining akademiyasi bilan pley-off yo'llanmasi uchun kurashgan edi. "Konchilar" dastlab "Mashal"ga 0:1 hisobida yutqazib qo'yishadi. Ikkinchi turda esa "Aral" akademiyasi o'ta yirik 16:0 hisobida taslim etiladi. Guruh bosqichini yakunlab beruvchi "Buxoro"ga qarshi kechgan bahsda, futbolda juda ham noyob hodisa ro'y beradi. "Buxoro" darvozaboni Shirinboy Abdullaev 90+4 daqiqada raqib darvozasini ishg'ol etadi va uchrashuv 2:2 hisobi bilan yakunlanadi. Qosimov jamoasi to'rt ochko bilan guruhda qolib ketadi.


Xomyakov faktori

Tajribali mutaxassis "burgutlar"ni uch mavsumdan buyon boshqarib kelmoqda va o'tgan mavsumda jamoa tarixidagi eng katta va eng muhim sovrin - O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritdi. Xomyakov o'ziga xos o'yin uslubi bilan "Andijon" jamoasini “grand” jamoalarning "qo'rqinchli tushi"ga aylantirdi. Klub joriy mavsumda o'z tarixida ilk marotaba xalqaro maydonda debyut qiladi. Shuningdek, Xomyakov futbolchilari kurashuvchan xarakteri bilan ajralib turadi. Shu sababli, "burgutlar" o'zidan kuchliroq jamoalardan ochko tortib oladi va so'nggi daqiqalarda gol urishlari bilan mashhur. Ushbu xislatlar tufayli klub o'tgan mavsumda dahshatli "kambek" evaziga Kubok finalida g'alaba qozongan edi.

Biroq tanganing ikkinchi tomoni ham. “Grand” jamoalarga qarshi yaxshi o'ynaydigan "Andijon" o'zi bilan teng bo'lgan va o'zidan kuchsizroq raqiblarga qarshi kechadigan uchrashuvlarda ko'p ochko yo'qotadi. "Engilmas ruhiyat" aynan o'rtamiyona jamoalarga qarshi bahslarda yo'qolib qoladigandek. Masalan, Superliga doirasida "Paxtakor"ni mag'lub etgan va "Nasaf"dan ochko tortib olgan "Andijon", mavsum davomida "Qo'qon-1912"ni enga olmadi, "Dinamo" va "So'g'diyona" kabi teng darajali raqiblarga esa engildi. Nazarimda, vodiy jamoasining asosiy kamchiligi ham shu erda. Xomyakov shogirdlari o'rtamiyona jamoalarni mag'lub eta olmagani tufayli musobaqa jadvalining ekvatoridan tepaga chiqa olmaydi.


"Andijon" o'zidan kuchsizroq raqiblarga ochko ulashishining bir nechta sabablari bor. Asosiy sabab bu jamoaning taktik uslubi, jamoa asosan ikkinchi raqam bo'lib, raqibni qarshi hujumlarni jazolashga o'rganib qolgan. "Navbahor", "Nasaf" va "Paxtakor" kabi klublarga qarshi ushbu uslub juda maqul keladi. Raqibning pozicion hujumdagi xatosidan so'ng tezkor qarshi hujum bilan javob beradi. Favorit bo'lmagan jamoalarga qarshi esa bunday uslub etarlicha samarali bo'lmasligi mumkin. Sababi o'rtamiyona jamoalar yoki autsayderlar ham to'pga egalik qilishni xo'sh ko'rishmaydi va asosan to'pni raqibga bergan holda, himoyalanish bilan band bo'lishadi. Pozicion hujumni tashkil etishda qiynaladigan "Andijon", himoyalanishga tayyor raqibga qarshi o'yinda birinchi raqamli jamoa bo'lishga majbur bo'lib qoladi. Bunday o'yin scenariysi esa "Andijon" o'ta noqulay. Shu sababli "burgutlar" raqib darvozasiga yo'l topishda qiynalishadi va juda kam gol urishadi. Futbolda esa gol urmasdan g'alaba qozonishning iloji yo'q.


O'tgan mavsumlarda o'zining yorqin o'yinlari bilan jamoaga ko'plab ochkolar keltirgan futbolchilar joriy mavsumda kutilganidek samarali o'yin namoyish eta olishmayapti. Masalan, jamoa sardori bo'lgan va himoyadagi barqaror o'yin namoyish etgan Vladimir Bubanya jamoani tark etdi. Bubanyaning markaziy himoyadagi sherigi bo'lgan Ildar Mamatkazin ham "Andijon"ni tark etdi. Ularning o'rnini bosishi kerak bo'lgan futbolchilarda esa adaptaciya jarayoni hali hamon davom etmoqda. "Lochin"ga qarshi kechgan ikkinchi goldagi himoyadagi xato yaqqol misol bo'la oladi.



Shuningdek, o'tgan mavsumda yorqin o'yinlari bilan yodda qolgan Farhod Sohibjonov va Bektemir Abdumannonovlar yangi mavsumni omadsiz boshladi. Farhod Sohibjonov yangi mavsumda faqatgina Superliga doirasidagi "Mashal" va Kubokdagi "Surxon"ga qarshi bahslarda asosiy tarkibdan joy olgan edi. "Qo'qon-1912" va "Navbahor"ga qarshi bahslarda zaxiradan o'yinga qo'shilgan. Superligadagi "So'g'diyona" va "Dinamo"ga qarshi kechgan so'nggi uchrashuvlarda Sohibjonov zaxira o'rindig'ida qolib ketmoqda.

"Navbahor"ga qarshi Kubok finalining ikkinchi bo'limida maydonga tushib, uchrashuvda ikkita golga assistentlik qilgan Bektemirov Abdumannonov ham mavsumni o'z darajasidagidek boshlay olmadi. Abdumannonov yangi mavsumdagi to'qqiz uchrashuvda hali birorta gol urmadi va golli pas amalga oshirmadi. 22 yoshli yarim himoyachi o'tgan mavsumning may oyiga qadar Superligada beshta assist qayd etgan edi.



"Andijon" so'nggi daqiqalar qurboni bo'lmoqda

O'tgan mavsumdan buyon "Andijon taym" degan iborani mashhur bo'lishiga sabab bo'lgan jamoa, yangi mavsumda o'zi so'nggi daqiqalardagi gollar qurboni bo'lmoqda. Dastlab jamoa "Surxon"ga qarshi bahsning 89-daqiqasida gol o'tkazib yubordi va yakunda 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Oradan uch kun o'tar-o'tmas, "Dinamo"ning yosh futbolchisi Firdavs Abdurahmonov 90+13-daqiqadagi "burgutlar" darvozasini ishg'ol etdi va o'z jamoasiga g'alaba keltirdi.

Barcha hayratga solgan "Lochin"ga qarshi bahsda ham Xomyakov jamoasi so'nggi daqiqalarda o'z darvozasidan to'p olib chiqdi. So'nggi uch hafta davomida "Andijon" naqd uch o'yinda so'nggi daqiqalarda gol o'tkazib yubordi va imkoniyatni boy berdi.


Xulosa

Vodiy klubi ketma-ket to'rt uchrashuvda mag'lub bo'ldi. Jamoada kichik inqiroz davrida. OKMKga qarshi kechadigan bugungi bahs jamoaning kayfiyatiga tasir qilishi mumkin. Agar "burgutlar" g'alaba qozonishsa, so'nggi vaqtlardagi omadsiz natijalar biroz unutilishi mumkin bo'ladi. Xomyakov jamoasi sensacion tarzda O'zbekiston Kubogini tark etdi. Endi jamoa faqatgina ikkita frontda ishtirok etadi. Shaxsan men "Andijon"dan Osiyo Chempionlar Ligasi 2 musobaqasidagi munosib va muvaffaqiyatli ishtirokini kutyapman. Jamoaning xalqaro maydondagi muvaffaqiyatli munosib ishtiroki O'zbekistonning OFK klublar reytingidagi pog'onasiga ijobiy tasir qilishi mumkin.


Reyting: +1   

Fikrlar

+3   
03 may 18:34:19
Murodjon Fayzullaev
ابدال راحمان foydalanuvchining fikriga javob berish
Андижон бу сафар кубокдан воз кечди, чунки олдинда суперлига ва чемпионлар лигаси бор, уйинлар купайиб футболчиларга нагрузга тушмаслигини хисобга олиб университет жамоаси ютказиб берди. Бошқа сабаблар мантиқан нотуғри!
Нагрузка булиб нима қиляпти 1 хафта 10 кунда 1 та уйин булйотган буса нима қиласиз такасалтанг фцюутболчиларни йонини олиб брон бир ишни қоилатган булсахам майли еди
+2   
03 may 18:34:51
Khaydarov Khaydarov
Олег Шацких 11 foydalanuvchining fikriga javob berish
УТГАН ЙИЛГИ ФИНАЛ 100 ДА 100 КЕЛИШИЛГАН ЭДИ, АЙРИМ ОХИРАТНИ УНИТГАНЛАР ВА ХАРОМДАН ХАЗАР КИМАЙДИГАНЛАР анжонНИ ЮБИЛЕЙИГА СОВГА КИВОРДИ, АНА ЭНДИ СЕКИН СЕКИН УЗИНИ ХОЛИГА ТУШИШДА ДАВОМ ЭТАДИ анжон))))
Dalbayomisan))) Navbahor Millardlab Pul Sarflab Kubokni berib qoyarkanmi osonlikcha ))) Keyin Kelishilgan o'yin 120 MINUT Itdek yugurib hal qilinmeydi, 90 minutni ichida hal qilinadi ))) Tan ol Finalda Navbahorni Itdek Xor qilgan Anjan. )))
+2   
03 may 18:25:02
Yo'ldosh Karimov
Umarov Akramjon foydalanuvchining fikriga javob berish
Kim nima desa desinu meni ozimi fikrim Andijon koproq chempionlar ligasi va Super liga oyinlariga etibor qaratadi shuning u.n kubikni oylamadi
chepionlar ligasiga xali boru andijon sindi
+1   
03 may 22:39:19
Hakimjon Aliyev
Tarixni siz va biz yaratamiz 4. 3 bu boshlanishi
+1   
03 may 21:20:29
Azamboy Aliyev
Saidjahon foydalanuvchining fikriga javob berish
Аввал курингчи ким бошладикин илтимос бир биримизни бехурмат килмайлик бу оддий битта уйин холос.
Ok
+1   
03 may 20:03:55
Murodjon Fayzullaev
ابدال راحمان foydalanuvchining fikriga javob berish
Чемпионлар лигасида натижа курсатишмоқчи, нагрузкани Сиз хам футболчи булганингизда тушунардингиз!
10 кун да 1 уйин шуйам нагрузка ми
Европаликларга ухшаб хар 3 Кунда уйнаса екан нагрузка деса
+1   
03 may 19:33:42
Saidjahon
Azamboy Aliyev foydalanuvchining fikriga javob berish
Sal oʼylab yoz Navbahorni hechkim ittdek hor qilolmaydi, Navbahrnikini chaynamasang oʼlib qolasan aaa gʼalamis.
Аввал курингчи ким бошладикин илтимос бир биримизни бехурмат килмайлик бу оддий битта уйин холос.
+1   
03 may 19:28:51
Azamboy Aliyev
Khaydarov Khaydarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Dalbayomisan))) Navbahor Millardlab Pul Sarflab Kubokni berib qoyarkanmi osonlikcha ))) Keyin Kelishilgan o'yin 120 MINUT Itdek yugurib hal qilinmeydi, 90 minutni ichida hal qilinadi ))) Tan ol Finalda Navbahorni Itdek Xor qilgan Anjan. )))
Sal oʼylab yoz Navbahorni hechkim ittdek hor qilolmaydi, Navbahrnikini chaynamasang oʼlib qolasan aaa gʼalamis.
+1   
03 may 19:10:15
Олег Шацких 11
Samatov foydalanuvchining fikriga javob berish
Kelishilganligiga qanaqadur dalil bormi
Анави фанклуб раисларингдан сурасаларинг агар мард булса айтади канака уйин буганини))
+1   
03 may 19:02:36
black wolfe
"Гранд клубларни куркинчли туши экан андижон" ))) утган йили грандлар кучсиз эди шуни хисобига кубокни хадя килишди андижон клуби мухлисларига,бор гап шу,аслидв бу клубда потенциал йук,ишкибозлари майдонга тушса яхширок уйнайди лекин футболчилари эмас.
+1   
03 may 19:01:10
Alixon Qodirov
Khaydarov Khaydarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Dalbayomisan))) Navbahor Millardlab Pul Sarflab Kubokni berib qoyarkanmi osonlikcha ))) Keyin Kelishilgan o'yin 120 MINUT Itdek yugurib hal qilinmeydi, 90 minutni ichida hal qilinadi ))) Tan ol Finalda Navbahorni Itdek Xor qilgan Anjan. )))
Navbahorni bo'qiga ham arzimaydi klubing
+1   
03 may 18:50:45
Saidjahon
Олег Шацких 11 foydalanuvchining fikriga javob berish
УТГАН ЙИЛГИ ФИНАЛ 100 ДА 100 КЕЛИШИЛГАН ЭДИ, АЙРИМ ОХИРАТНИ УНИТГАНЛАР ВА ХАРОМДАН ХАЗАР КИМАЙДИГАНЛАР анжонНИ ЮБИЛЕЙИГА СОВГА КИВОРДИ, АНА ЭНДИ СЕКИН СЕКИН УЗИНИ ХОЛИГА ТУШИШДА ДАВОМ ЭТАДИ анжон))))
Агар имкон булса Андижон хакида умуман гапирманг шунчалик хали хам аламиз булса телеграмда АЛАМЗАДАЛАР ёки ГИЙБАТЧИЛАР деган группа очиб мазза килиб хумордан чикиб ёзишорилар
+1   
03 may 18:47:09
Saidjahon
Олег Шацких 11 foydalanuvchining fikriga javob berish
УТГАН ЙИЛГИ ФИНАЛ 100 ДА 100 КЕЛИШИЛГАН ЭДИ, АЙРИМ ОХИРАТНИ УНИТГАНЛАР ВА ХАРОМДАН ХАЗАР КИМАЙДИГАНЛАР анжонНИ ЮБИЛЕЙИГА СОВГА КИВОРДИ, АНА ЭНДИ СЕКИН СЕКИН УЗИНИ ХОЛИГА ТУШИШДА ДАВОМ ЭТАДИ анжон))))
Узиз хам охиратизни уйленг билиб билме тухмат килманг канака келишилган уйин хаммаси хакконий булди биронта далил келтириб беролесими хакам ён босдими ё бошка биронта шубхали вазиятни яхшиям хамма голни уйиндан киритди пеналтидан урганда хам майлиди факат бу уйинда эмас умуман охирги уйинларда Навбахор Андижонни юта олмаяптику эркак булиб тан олинг Бабаянни кетишига хам 3-0 булган уйин сабаб булдику
+1   
03 may 18:26:58
Samatov
Олег Шацких 11 foydalanuvchining fikriga javob berish
УТГАН ЙИЛГИ ФИНАЛ 100 ДА 100 КЕЛИШИЛГАН ЭДИ, АЙРИМ ОХИРАТНИ УНИТГАНЛАР ВА ХАРОМДАН ХАЗАР КИМАЙДИГАНЛАР анжонНИ ЮБИЛЕЙИГА СОВГА КИВОРДИ, АНА ЭНДИ СЕКИН СЕКИН УЗИНИ ХОЛИГА ТУШИШДА ДАВОМ ЭТАДИ анжон))))
Kelishilganligiga qanaqadur dalil bormi
+1   
03 may 18:20:13
Umarov Akramjon
Kim nima desa desinu meni ozimi fikrim Andijon koproq chempionlar ligasi va Super liga oyinlariga etibor qaratadi shuning u.n kubikni oylamadi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика