So’nggi yangiliklar

16:03МОҚ раҳбарияти ОФК президенти билан кўришди  0 15:40Ана холос! Boxing Day'да фақат битта ўйин бўлади  0 15:15Рубен Аморим: "МЮ "Ливерпуль"дан тепада бўладими, менга фарқи йўқ"  1 14:50Терри "Тоттенхэм" собиқ футболчисининг "Челси" ҳақидаги гапига жавоб қайтарди  1 14:33Мбаппе "Реал" ва ПСЖни солиштирди  8 14:10Қашқадарё футбол академияси фойдаланишга топширилди  3 13:50Ислом бирдамлик ўйинларида футзал тақвими тасдиқланди  0 13:29Ўзбекистон Жаҳон чемпионатига тайёр (Кичик мундиал ҳақида билишимиз керак бўлган маълумотлар)  1 12:24"Барселона" "Челси" ва "Милан" билан Лига 1 даги ҳужумчи учун баҳслашади  2 11:4834 ёшли Рэмзи "Пумас" билан шартномани бекор қилди. У июль ойида Мексика клубига ўтган эди  1 11:20Мбаппе "Тоттенхэм" юлдузи Хави Симонсга баҳо берди  0 10:36Слот мағлубиятларга асосий сабаб нима бўлаётгани ҳақида гапирди  1 09:57Мбаппе жорий мавсумдаги мақсадини айтди  3 09:30Канте Европага қайтиши мумкин  1 09:02МЮ қишда АПЛ юлдузи билан шартнома имзоламоқчи  4

"Andijon"ning "qora anana"si davom etadimi? Yangiliklar

"Andijon"ning "qora anana"si davom etadimi?

"Andijon" klubi bugun O'zbekston kubogi 1/4 finalida AGMK to'sig'idan o'tishga harakat qilib ko'radi.

"Burgutlar" shu paytgacha 9 marta O'zbekiston kubogining chorak final bosqichiga qadar etib borgan va biror marta kelgusi bosqichga o'tolmagan.

1992 yil andijonliklar "Navro'z" nomida musobaqaning 1/4 final bosqichida "Navbahor"ga (0:1, 1:3) yutqazgan. Oradan bir yil o'tgach, "Navro'z" yana namanganliklarga ro'baro' keldi va ikki o'yin natijasiga ko'ra yana imkoniyatni boy berdi (2:4, 1:0).

Jamoa "Andijon" nomi ostida 2000/01 yilgi mavsumning ushbu bosqichida vodiyning boshqa jamoasi — "Neftchi"ga mag'lub bo'ldi (1:3). Kelgusi yil esa "Qizilqum"ga yirik hisoblarda yutqazdi (1:4, 0:5).

2007 yil klub "Quruvchi"ga ro'baro' kelib, 0:3 va 0:1 hisoblarida imkoniyatni boy berdi. Oradan uch yil o'tgach, "Quruvchi"ning yangi nomdagi jamoasi — "Bunyodkor"ga ham (1:4, 1:3) yarim final chiptalari taqdim etildi.

2012 yil "Andijon" "Paxtakor" to'sig'idan o'ta olmadi (1:2, 0:2).

2016 yil esa "Nasaf" ikki o'yin natijasiga ko'ra (0:2, 1:2) kelgusi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Vodiyliklarning ushbu bosqichdagi so'nggi ishtiroki 2018 yilga to'g'ri kelgan va "Bunyodkor"ga qarshi bahsda biroz omad etishmagan — 1:2.

Ko'ramiz, "burgutlar"ning bu safargi parvozi qanchalik davom etarkan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика