"Andijon" rossiyalik hujumchi transferini elon qildi
06 jan 2025 13:54
Yangiliklar
"Andijon" rossiyalik hujumchi transferini elon qildi
"Andijon" klubi qishki selekciya ishlarini davom ettirar ekan, tarkibga yana bir yangi o'yinchini qo'shib oldi.
"Rossiyalik tajribali futbolchi Islam Mashukov yangi mavsumda jamoamiz sharafini himoya qiladi.
Malumot uchun, Mashukov 1995 yilning 22 fevral kuni Rossiyaning Nalchik shahrida tavallud topgan. Hujumchi o'tgan yili Rossiyaning "Alaniya" va Qozog'istonning "Elimay" klublarida to'p tepgan.
Islam faoliyati davomida CSKA akademiyasi, "Alaniya", "SKA-Energiya", "Dila" (Gruziya), "Volgar", "Orenburg", "Ximki", "Spartak-Nalchik" kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.

Mashukov faoliyati mobaynida 289 o'yinda maydonga tushgan va 78 ta gol urgan, 35 ta golli pas uzatgan.
Futbolchi jamoamizning Tojikistondagi yig'iniga qo'shildi", – deyiladi andijonliklar matbuot xizmati xabarida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar