So’nggi yangiliklar

20:52"Реал" ҳимоячиси: "Яхши ҳимояланиш сирини Италияда ўрганганман. "Ювентус" ва "Рома"дан миннатдорман"  0 20:30Стивен Жеррард Россия клубига "йўқ" деди  0 20:11Расман: "Golden Boy-2025" маълум қилинди  0 19:45"Ливерпуль" – "Реал": Навбатдаги тўқнашувда омад кимга кулиб боқади?  2 19:23"Ливерпуль" Кевинга қизиқмоқда  1 18:55"Футбол олами". Ҳакамлар VAR'га қулоқ солмай қўйишди  3 18:28Артета Гёкереш сафдан чиққанини маълум қилди  2 18:00Дэвид Бекхэм қиролдан рицарлик унвонини қабул қилиб олди  4 17:38МЮ "Барселона" собиқ футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  0 17:05Неймар Бразилиянинг 2025 йилги сўнгги ўртоқлик ўйинларига чақирилмади  0 16:38Футбол агенти футболчини қурол билан қўрқитди  1 16:10"Локомотив" U-14 Туркиядаги халқаро турнирда чемпион бўлди  2 16:02Ўткир Юсупов тикланиш жараёнини Тошкентда давом эттирмоқда  3 15:49​"Фиорентина" бош мураббийи истеъфога чиқарилди  0 15:24Хаби Алонсо "Ливерпул"га қарши ўйин олдидан дадил баёнот берди  17

"Andijon" muxlislari ijro etayotgan mashhur krichalka. "Tiki-taka"mi yoki "Ziga-zaga"? (Bekzod Tolibov blogi) Yangiliklar

"Andijon" muxlislari ijro etayotgan mashhur krichalka. "Tiki-taka"mi yoki "Ziga-zaga"? (Bekzod Tolibov blogi)

Teglar :  Andijon
"Andijon" o'z maydonida “Mashal"ni mag'lub etib 2022-yilgi Pro liga g'olibligini qo'lga kiritganidan xabaringiz bor. Viktor Kumikov bosh murabbiyligidagi jamoa yangi mavsumni Superligada o'tkazadi.

Bugun barchaning Buxoro tomonga qaratilgan va barcha "Nasaf" va "Navbahor" ishtirokidagi O'zbekiston Coca-Cola kubogi final uchrashuvini kutmoqda. Sizni mazkur jarayondan chalg'itmagan xolda joriy mavsum andijonlik muxlislar ijrosida ommalashgan mashhur krichalka (olqishlash, kuylash) haqida bir oz malumot berib o'tmoqchimiz.

"Bobur arena" joriy mavsum haqiqatdan o'zini har doimgidan ham o'zgacharoq uslubda namoyon qildi. Internet rivojlanganidami, yoki zamonaviy texnologiyalar tufaylimi, hartugul biz "Andijon"ning uydagi har bir o'yinidan so'ng futbolchilar va jamoa muxlislari uyg'unligida namoyon bo'lgan ajoyib kadrlarga guvoh bo'ldik. Fan klub ijrosidagi krichalkalardan biri so'ngi kunlarda anchayin mashhurlikka erishdi. Jumladan, "Andijon"ga Pro-liga g'olibligini keltirgan "Mashal"ga qarshi o'yin yakunida chempionlik nishonlangan kadrlar ko'pchilikda o'sha mashhur krichalka bo'yicha savollarni keltirib chiqardi. "Andijon" muxlislari "Tiki-taka" deyishayaptimi, jamoaning o'yin uslubi bunday emas-ku qabilidagi savollar paydo bo'ldi. Kimdir biladi, balki kimningdir esa bu krichalkadan xabari yo'q, shu boisdan ham biz bu boradagi savollarga javob berib ketishni lozim deb topdik.




Diqqat bilan etibor qaratsangiz, andijonlik muxlislar ijrosidagi o'sha mashhur krichalkada shunday so'zlar yangrayapti:

- Ziga! Zaga! Ziga-zaga, ziga-zaga, hey-hey, hey!

Xo'sh, bu krichalka aslida qaerdan kelib chiqqan? Andijonlik muxlislar O'zbekistonda ommalashtirgan ushbu krichalka o'zi aslida qanday paydo bo'lgan? Quyida mazkur savollarga javob berishga harakat qilamiz.

"Zigga Zagga”ning asli kelib chiqish vatani Angliya hisoblanadi. Bu borada turlicha qarashlar mavjud bo'lsa-da, eng to'g'ri versiya Buyuk Britaniya teatrlariga borib taqaladi. XX asr o'rtalarida Angliya dengiz floti va teatrlarida shu kabi bir-birini takrorlagan xolda ijro etiluvchi kuylar ko'p tarqalgan. Hozirgi kunga kelib "Zigga Zagga” atamasi ishlatilsa, Angliyada birinchi bo'lib barchaning ko'z o'ngiga Londonning "CHelsi" klub muxlisi Mikki Grinuey keladi. Sababi aynan shu muxlis “CHelsi" ishtirokidagi futbol uchrashuvlariga "Zigga Zagga”ni olib kirgan va ommalashtirgan. Grinuey 1999-yilda olamdan o'tgan va jamoa muxlislari uning xotirasiga "Zigga Zagga”ni muntazam ijro etib kelishadi. SHuningdek, ushbu krichalka Angliyadan futboldan boshqa sport turlarida ham, masalan regbida ham doimiy qo'llanilib turiladi.

"Zigga Zaga” bo'yicha turlicha qarashlar mavjud. Ayrim manbalarda, "Manchester Yunayted" muxlislari 1960 yili Rimda bo'lib o'tgan olimpiada o'yinlarida ushbu krichalkani qo'llagan degan taxminlarni ilgari surishadi. Bazi manbalar esa bu mashhur krichalka "Stok Siti" muxlislariga tegishli ekanini aytadi. Biroq, hozirgi kunda davomida aytilgan variantlarni hech deyarli eslamaydi. "Zigga Zagga” ijro etilganida yuqorida aytilganidek, Angliyada barchaning ko'z o'ngiga Mikki Grinuey keladi.




"Zigga Zagga” dunyoning ko'plab mamlakatlarida allaqachonlar ommalashgan. Masalan Rossiyada, Sank-Peterburg klublari muxlislari ushbu krichalkadan muntazam foydalanib kelishadi. SHuningdek, qo'shni Qozog'istonning "Aktobe" klubi futbolchilari va muxlislari deyarli har bir o'yindan so'ng "Zigga Zaga”ni birgalikda ijro etishni xush ko'rishadi.

"Andijon" fan klubi ushbu mashhur krichalkani yurtimiz futboliga olib kirdi va takidlash joiz, qoyilmaqom ijro bilan ommalashtira oldi. Bizning, sizning va boshqalarning etiborini tortganiga sabab ham shu aslida. Bu o'z-o'zidan andijonlik muxlislar jamoasini qo'llab-quvvatlashda yangicha yondashuvlarga asoslangan izlanishlar olib borayotganini ko'rsatadi.

P.S. Bugungi finaldan so'ng nigohingizni Buxorodan olib qo'ymay turing. Boisi 1-noyabr kuni ayni shu stadionda yana bir "Yil o'yini" bor, "Buxoro - "Turon".

Bekzod Tolibov

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика