So’nggi yangiliklar

14:15Тонали: "Ньюкасл"да 10 йил қолиб, кейин бир неча йилдан кейин кетаман дея олмайман"  0 13:50Беларусь, Озарбайжон ва Тошкент клублари "Шўртан" футболчисига даъвогар  3 13:27А Серияда октябрь ойининг энг яхши футболчиси маълум  0 13:00"Андижон" "Ростов"нинг ўзига хос рекордини янгилайдими?  1 12:36"Навбаҳор" охирги марта Олмалиқда ютганида Искандеров ва Марушич гол урганди  1 12:32ФИФА "The Best" мукофоти учун номзод футболчилар, мураббийлар ва дарвозабонларни эълон қилди  1 12:10"Бухоро" "Нефтчи"ни охирги марта қачон ютган?  9 12:07"Реал" қишки харидларга тайёр: Модрич ўрнига 3 нафар номзод  4 11:39Майами мэри Мессига шаҳар калитини топширди  6 11:11"Нефтчи", "Андижон", "Қўқон-1912" ва "Қизилқум" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари  6 10:42"Бавария"нинг асосий футболчиси "Реал"га ўтишга розилик берди  4 10:15Тен Хаг мураббийликка қайтишга яқин (Фабрицио Романо)  1 09:47EЧЛ. 4-турдан сўнг чемпионлик учун даъвогарлар рейтинги янгиланди  0 09:20Роналду Рунининг Мессини ундан яхшироқ деган гапига жавоб қайтарди  26 08:52"Реал"нинг асосий футболчиси жароҳат олди  12

"Andijon" bosh direktori Ulug'bek Mirzaev "Antalyaspor" rahbariyati bilan uchrashuvdan so'ng nimalar dedi? Yangiliklar

"Andijon" bosh direktori Ulug'bek Mirzaev "Antalyaspor" rahbariyati bilan uchrashuvdan so'ng nimalar dedi?

"Andijon" klubi Antaliyadagi o'quv-mashg'ulot yig'inidan foydalanib Turkiyaning “Antalyaspor” klubi bilan hamkorlikda ishlash bo'yicha uchrashuv o'tkazdi.

“Andijon” bosh direktori Ulug'bek Mirzaev “Antalyaspor” rahbariyati bilan muloqot jarayoni hamda klub infrastrukturasi bilan yaqindan tanishib chiqqach, “Andijon” matbuot xizmatiga quyidagilarni aytdi:

“Bunyodkor” klubida ishlagan chog'imda ham Zagrebning “Dinamo” jamoasi bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygandik. Lekin “Antalyaspor” bilan hamkorligimiz “Dinamo” Zagrebnikidan ham ko'ra qiziqarliroq va ajoyib ruhda o'tdi. 

Erdem Erdal kuchli mutaxassis ekan. Ishlab chiqilgan yo'l xaritasi bilan ipidan-ignasigacha tanishib chiqdik. Bu klubda juda katta yo'nalishlar, futbol ichidagi va atrofidagi barcha ishlar qamrab olingan ekan. “Andijon” klubida ham xuddi shunday ish tizimini yo'lga qo'yishimiz uchun yo'l xaritasi bilan erinmasdan tanishtirib chiqdi. Biz ham yo'l xaritasini o'zimizga mo'ljallab ishlab chiqamiz. 

Erdel bizga puling yoki o'yinching bo'lsa ham yuradigan yo'lingni poezdda yo samolyotda bosib o'tasanmi, buni bilmasang g'alabali manzilga etib bora olmaysan, shu bois uzoq yilga mo'ljallangan yo'l xaritasi bo'lishi kerak, degan muhim gaplarni aytdi. Ushbu masala bo'yicha biz strategik rejalarni ishlab chiqishga kirishib ketdik. Yaqin kunlarda memorandum imzolaymiz. 

Bu erda may oyida katta seminar bo'lar ekan va bizni ham taklif qilishdi. Hamkorligimiz ikki tomonlama samarali bo'lishiga ishonch kuchli. Biz ham o'z fikrlarimizni va g'oyalarimizni bildirganimizda bizni ham o'zimizga yarasha mutaxassis ekanimizni anglab etdilar va fikrlarimizni bir joydan chiqishiga turtki berdi. 

Albatta, bu uchrashuvdan nafaqat qoniqish hosil qildim, balki xursand ham bo'ldim. Boisi, bir nechta klublar va xorij mamlakatlarida bo'lganman. Ammo janob Erdal kabi kuchli mutaxassis bilan deyarli birinchi bor uchrashdim. U juda samimiy va sirlarini berkitmasdan biz bilan baham ko'rib, “Andijon” ham rivojlanish istagida ekanini hisobga olib, ochiq-oydin barcha ishlarini bizga oshkora aytdi. 

“Andijon” klubini rivojlanish strategiyasini ishlab chiqamiz. Viloyatimiz hokimiga taqdim etamiz. Jamoamizni Respublikada yaxshi o'rinlarga olib chiqishimiz kerak. Bu uchun mana shunday uchrashuvlar va hamkorliklarni yo'lga qo'yishimiz muhim. Bu borada dastlabki qadamlar tashlanyapti. SHu ishga kirishdikmi, o'z ortimizdan yaxshi loyihalarni hayotga tatbiq etib, ijobiy natijalarni qoldirib ketishimiz lozim. Bunga qattiq bel bog'laganmiz", - deydi, Ulug'bek Abdusattorovich.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика