So’nggi yangiliklar

14:15Тонали: "Ньюкасл"да 10 йил қолиб, кейин бир неча йилдан кейин кетаман дея олмайман"  0 13:50Беларусь, Озарбайжон ва Тошкент клублари "Шўртан" футболчисига даъвогар  3 13:27А Серияда октябрь ойининг энг яхши футболчиси маълум  0 13:00"Андижон" "Ростов"нинг ўзига хос рекордини янгилайдими?  1 12:36"Навбаҳор" охирги марта Олмалиқда ютганида Искандеров ва Марушич гол урганди  1 12:32ФИФА "The Best" мукофоти учун номзод футболчилар, мураббийлар ва дарвозабонларни эълон қилди  1 12:10"Бухоро" "Нефтчи"ни охирги марта қачон ютган?  9 12:07"Реал" қишки харидларга тайёр: Модрич ўрнига 3 нафар номзод  4 11:39Майами мэри Мессига шаҳар калитини топширди  6 11:11"Нефтчи", "Андижон", "Қўқон-1912" ва "Қизилқум" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари  6 10:42"Бавария"нинг асосий футболчиси "Реал"га ўтишга розилик берди  4 10:15Тен Хаг мураббийликка қайтишга яқин (Фабрицио Романо)  1 09:47EЧЛ. 4-турдан сўнг чемпионлик учун даъвогарлар рейтинги янгиланди  0 09:20Роналду Рунининг Мессини ундан яхшироқ деган гапига жавоб қайтарди  26 08:52"Реал"нинг асосий футболчиси жароҳат олди  12

"Andijon" - "Antalyaspor": Strategik rivojlanishning turkcha modeli yoxud Evropa tomon eshiklarning ochilishi Yangiliklar

"Andijon" - "Antalyaspor": Strategik rivojlanishning turkcha modeli yoxud Evropa tomon eshiklarning ochilishi

"Andijon" klubidan xalqaro aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan navbatdagi yurish.

Rivojlanish ishtiyoqida yonayotgan “Andijon” Antaliyadagi yig'inidan foydalanib, Turkiya Superligasi qatnashchisi – “Antalyaspor” klubi bilan hamkorlik qilish bo'yicha dastlabki amaliy qadamni tashladi. 

Klub bosh direktori Ulug'bek Mirzaev boshchiligidagi “Andijon” delegaciyasini “Antalyaspor” bosh menejeri Ferda Ramanli, bosh koordinator Abdulloh Sarachoglu, “Fanatik tur” kompaniyasi mudiri Hoqon Onkur va marketing menejeri Serap Atmasa xonim juda iliq qarshi oldilar.

“Antaliyaga xush kelibsizlar. Murojaat qilganinglardan xursand bo'ldik. Biz uchun O'zbekiston yangi bir bozor va yangi futbol mamlakati. “Andijon” rivojlanishni xohlayotgan klub ekanidan mamnunmiz. Bugun tanishuv amaliyoti va qanday yordam kerak bo'lsa, biz tayyormiz”, - dedi janob Ramanli. 


O'z navbatida Ulug'bek Mirzaev qabul uchun minnatdorchilik bildirdi va boshlanajak hamkorlik ikki tomon uchun har tomonlama qulay hamda foydali bo'lishiga ishonchi komil ekanini bildirdi va bir qator muhim masalalar bilan o'zaro fikrlar almashildi.      

Avvalo jarayon “Antalyaspor” klubi futbol akademiyasini yaqindan tanishish bilan boshlandi. Bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, ularni tarbiyalashda nimalarga etibor qaratilayotgani, oziq-ovqat masalasi, murabbiylar bilimi va yana boshqa ish yo'nalishlari bo'yicha barchasi ko'rsatildi hamda malumotlar berildi. “Antalspor” futbol akademiyasiga 3-4 yoshdan bolalarni qabul qilish boshlanadi. Avvaliga gimnastika bilan shug'ullantirishadi va keyin asta-sekinlik bilan futbol o'rganib boriladi. Ular uchun oyiga 25 dollardan badal puli bor.

SHuningdek, bizga klub bosh skauti Adnan Gulek tanishtirildi. Sobiq futbolchi “Antalyaspor”da muhim kadrlardan biri sanaladi. O'z navbatida Ulug'bek Abdusattorovich mart oyida O'zbekistonda U-20 Osiyo chempionati bo'lib o'tishini va bizda iqtidorli yoshlar ko'pligini aytib, musobaqani kuzatish uchun taklif qildi. Bu esa Adnan Gulekda katta qiziqish uyg'otdi.   

Keyin akademiya direktori Sedat Qorabuq bilan tanishdik. U kishi akademiya haqida yanada to'liq malumotlarni berdi va Ulug'bek Mirzaev o'z navbatida akademiya direktoriga ham mart oyida yurtimizda U-20 Osiyo chempionati o'tkazilishi va unda selekciya bo'yicha qatnashish imkoniyati borligini aytib taklif qildi. SHuningdek, ushbu terma jamoamizda “Andijon” vakili SHerzod Esonov ham to'p surayotgani alohida takidlandi. Rosti, ular bo'lajak Osiyo chempionatini yaxshi eslab qoldilar. 

Antaliya markazidagi yagona futbol maktabi “Antalyaspor” markaziy futbol maktabidir. Ushbu futbol maktablari “Antalyaspor” tomonidan tuzilmaga kiritilgan va bitta markazdan nazorat qilinadi. 

Qolaversa, klub muzeyi ham barpo etilgan bo'lib, klub tashkil etilganidan boshlab shu davrgacha bo'lgan har 10 yillikning alohida rasmlari bor. Qo'lga kiritilgan Kuboklar uchun alohida joy ham barpo qilingan. 

Malumot uchun, “Antalyaspor” 1966 yilda tashkil topgan. Bundan tashqari, kutubxona ham mavjud. Akademiyada U-9 dan U-19 gacha jamoalar bor va ularning har biri uchun alohida xonalar ajratilgan. 

Davomi bor...

Abdulaziz Iskandarlov

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика