Anchelotti "Osasuna" bilan durangdan so'ng: "Real" g'alaba qozonishga haqli edi, lekin bizda hech qanday bahona yo'q"
03 okt 2022 13:24
Yangiliklar
Anchelotti "Osasuna" bilan durangdan so'ng: "Real" g'alaba qozonishga haqli edi, lekin bizda hech qanday bahona yo'q"
Madrid klubi Ispaniya chempionati doirasidagi o'yinda 1:1 hisobida durang o'ynadi.
"Biz uchun bu eng yaxshi kun emasdi, lekin biz g'alaba qozonishga haqli edik.
Men penalti tepuvchini almashtirish haqida o'yladim, lekin Karim Benzema o'tgan mavsumda ikkita muhim penaltidan unumli foydalangan. U jamoadagi eng yaxshi penaltichi hisoblanadi.
Bizda hech qanday bahona yo'q. Tarkib juda yaxshi. O'yin biz xohlagandek o'tmadi.
Agar penaltidan gol urganimizda, g'alaba qozonishimiz mumkin edi. Umuman olganda, jamoa yaxshi o'ynadi. Bunday uchrashuvlar chempionat vaqtida uchrab turadi.
Bizning juda yaxshi seriyamiz tugadi, ammo endi boshqasini topmoqchimiz.
"Real" g'alaba qozonmasa, hech kim o'zini xursand his qilmaydi. Durang bizni xafa qiladi, ammo yaqin orada bunga munosab javob beramiz", – dedi Madrid klubi bosh murabbiyi.
Eslatib o'tamiz, hisob 1:1 bo'lib turganida, Benzema 76-daqiqada penaltidan tepgan to'p to'singa tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.
Fikrlar