So’nggi yangiliklar

12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   3 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  16 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  6 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  24

Amin Ali Husayin: "Ertaga Yaman xalqi uchun maydonga tushamiz" Yangiliklar

Amin Ali Husayin: "Ertaga Yaman xalqi uchun maydonga tushamiz"

O'zbekiston va Yaman terma jamoalari o'rtasidagi o'yindan oldingi matbuot anjumanida Yaman bosh murabbiyi Amin Ali Husayin va futbolchi Muhammad Ibrohim qatnashdi.

"Barchangiz Yamandagi siyosiy ahvolni bilasizlar. 5-6 oydan buyon mahalliy ligamiz o'yinlari o'tkazilmayapti. Bu narsa terma jamoaga ham salbiy tasir qilishi tabiiy. Bir qator etakchi futbolchilarimiz turli sabablar bilan Toshkentga kela olishmadi. Ertaga O'zbekiston terma jamoada g'alaba uchun o'ynaydi. Buni juda yaxshi tushunib turibmiz. O'zbekiston Osiyoning kuchli jamoalaridan biri", - deydi bosh murabbiy.

"O'zbekistonga qarshi tayyorgarligimiz qisqa bo'ldi, bunga sabab Yamandagi vaziyat. Ammo biz borimizni berib tayyorlandik va ertaga o'yinda ijobiy natijaga umid qilamiz", - deydi Muhammad Ibrohim.

- Ayni paytda Yamanda milliy chempionat to'xtatilgan ekan. Ummonga qarshi o'rtoqlik o'yiniga qadar futbolchilar nima bilan shug'ullanishdi. Umuman futbolchilarning ruhiy holati qanday?

- Yamanda 5 oydan buyon umuman futbol o'ynamadik. Ummonga qarshi o'yin bizga juda zarur edi. Xattoki reyslar ham bekor qilingan edi. Ummonga qarshi o'yin o'tkazish uchun 30 soat avtobusda etib bordik va o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdik. O'zbekiston kuchli jamoa, ammo ertaga biz Yaman mamlakati uchun maydonga tushamiz.


- O'zbekiston terma jamoasining hozirgi tarkibi haqida malumot bormi? Raqibning o'yinlaridan videolavhalar bormi?

- O'zbekiston kuchli jamoa, Osiyo kubogida o'ynagan, Jahon chempionati saralashlarida ishtirok etgan. Biz balki raqibni etarli tarzda o'rganmagandirmiz, ammo ertaga maydonga shunchaki tushmaymiz.

- Bu safargi saralash oldingilaridan tubdan farq qiladi. Bitta saralash orqali ham Osiyo kubogiga yo'llanma olish mumkin. Yamanning imkoniyatni qanday baholaysiz?

- Yamandagi siyosiy vaziyat tufayli rejalarimiz o'zgarib ketdi. Guruhdagi barcha raqiblarimiz kuchli sanaladi. Osiyo kubogiga yo'llanma olish uchun kurashamiz.

- Ertaga Yaman terma jamoasidan hujumkor o'yin ko'ramizmi yoki himoyaviy?

- Ertaga ko'rasizlar (kuladi). Futbol bu oddiy, to'p raqibda bo'lsa himoyalanasan, to'p senda bo'lsa hujumga o'tasan.

- Yaman terma jamoasi safida qaysi chiziqni kuchli deb bilasiz?

 - Termamizning himoya chizig'ini kuchli deb bilaman.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика