So’nggi yangiliklar

01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  24 01:52ЕЧЛ. "Манчестер Сити" "Наполи"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  45 01:15АПЛда бирорта очко йиғмаган клуб бош мураббийи билан шартномани узайтирди  0 00:50Беллингем дербига қадар сафга қайтиши мумкин  1 00:19"Реал"нинг аппеляцияси яна рад қилинди  8 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0 23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  18 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  6 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  5 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  5 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  6 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  4

Amal SHavketov: "Ispaniyaning “Betis" klubiga o'tishim mumkin edi" Yangiliklar

Amal SHavketov: "Ispaniyaning “Betis" klubiga o'tishim mumkin edi"

Teglar :  TuronAmal SHavketov
Avval xabar berganimizdek, PRO-Liga vakili Yaypanning "Turon" jamoasi yozgi transferlar vaqtida yosh iqtidorli posbon Amal SHavketovni tarkibga qo'shib oldi.

Saytimiz muxbiri mazkur futbolchi bilan bog'lanib, intervyu tashkil etdi.

- Salom! Amal SHavketovning futbolga kirib kelishi haqida aytib bersangiz...


- Bilasizmi, men bolaligimdanoq futbolni juda yaxshi ko'rardim. SHundan kelib chiqqan xolda o'zimni butunlay futbolga baxsh etganman. Bolaligimda, adashmasam 6 yosh edim, ota-onam bilan Ukrainaga ko'chib o'tgandik. SHu paytlarda otam meni hokkey o'ynashimni istadi, lekin men futbolni juda yaxshi ko'rishimni aytdim. Bu orada men Kievning "Dinamo” klubida tanlovdan o'tib, jamoa safiga qo'shildim. O'shanda 150 nafar nomzoddan faqatgina 40 kishi tanlab olingan edik. SHu tariqa futbolga kirib keldim.

- OAVda tarqalgan malumotlarga ko'ra, siz Angliyaning "Lester" jamoasida tajriba to'plagansiz, bu rostmi?


- Bu ayni men kutgan savol. Ochig'ini aytganda, o'zim shu vaziyatga oydinlik kiritmoqchi edim. Meni "Lester" akademiyasi tarbiyalanuvchisi sifatida etirof etgan bir necha manbalarni ko'rdim, lekin bu xabarlar yolg'on. Ortda qolgan 2 yil davomida Angliyada aynan "Lester" yaqinidagi kuchli akademiyada tajriba to'pladim, bu “Bruk-Xaus" deb nomlangan akademiya. Biz ligada turli akademiyalarga qarshi o'yin o'tkazdik, jumladan "Lester" akademiyasiga qarshi bahsda 2:2 hisobidagi durang natija qayd etganmiz. SHuningdek, "Nottingem Forest", "SHeffild Yunayted" va "Lids" klublari bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazganmiz. Umuman olganda Angliyada juda yaxshi darajadagi o'yinlar o'tkazganman.



- "Turon" klubiga qo'shilish jarayoni qanday kechdi?


- Pandemiya sabab men xorijdan yurtimizga qaytib keldim. Bu orada menda biron klub bilan shartnomam yo'q edi. Kunlarning birida taniqli murabbiy Otabek G'ulomxo'jaev meni PRO-Liga vakili "Turon" jamoasiga tavsiya etganligini aytib qo'ng'iroq qildi. Men tez orada klub bazasiga keldim, ko'rikdan o'tdim, jamoa menga shartnoma taklif qildi. Bilasizmi, hammasi juda tez sodir bo'ldi. Berilgan imkoniyat va yaratib berilayotgan sharoit uchun "Turon" klubi rahbariyati va murabbiylar shtabidan minnatdorman.

- Amal SHavketov bugungi kunga qadar qaysi jamoalar safida o'ynagan?


- Aytib o'tganimdek, ilk jamoam Kievning "Dinamo" klubi bo'lgan. Uzoq vaqt davomida bu akademiyada o'ynaganman. Keyinroq Angliyaga ko'chib o'tdim. U erda "Bruk Xaus" akademiyasida o'ynadim. Mening Ispaniya klublaridan biri tarkibiga qo'shilishim mumkinligi haqida aytadigan bo'lsam, u erga “CD Gerena” nomli uchinchi dvizion klubini ko'rish uchun borganman. Biroq bu orada agentim men bilan bog'lanib, "Real Betis" jamoasiga o'tishim haqida aytdi. Men "Betis" bilan 1 oy davomida mashg'ulotlar o'tkazdim, lekin pandemiya va viza muammolari sabab men u erda ko'p qololmadim. SHundan so'ng O'zbekistonga qaytib, aytib o'tganimdek "Turon" tarkibiga qo'shildim.

Agar terma jamoa tarkibidagi o'yinlarim haqida aytadigan bo'lsam, yoshlar jamoasi tarkibida Namangan shahrida Berlin akademiyasiga qarshi o'ynaganmiz. Bilasizmi, o'sha o'yinda muxlislar atmosferasi juda yuqori edi va menda ajoyib taasurot qoldirgan.

SHuningdek, men yoshlar terma jamoamiz bilan Tojikistonda bo'lib o'tgan "CAFA-2019” turnirida ishtirok etdim. Biz u erda 3-o'rinni qo'lga kiritganmiz.




- O'zbekiston PRO-Ligasi haqida taasurotlaringiz qanday?


- Ochig'i, PRO-Ligadagi raqobat meni hayratda qoldirdi. Ayni damda ushbu ligada kuchsiz jamoaning o'zi yo'q, barchada Superligaga chiqish uchun imkoniyat mavjud. Bundan tashqari ushbu liga rivojiga hissa qo'shib kelayotgan televizion namoyishlarni ham alohida etirof etish kerak.

Bekzod Tolibov suhbatlashdi

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика