So’nggi yangiliklar

14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  1 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  3 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  0 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  52 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  4 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  3 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  10 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали сондан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  14 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  2 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  9

Altin Kreziu: "Andijon"da yangi sinovlarga tayyorman" Yangiliklar

Altin Kreziu: "Andijon"da yangi sinovlarga tayyorman"

"Andijon" bilan shartnoma imzolagan va "burgutlar" oilasining yangi azosiga aylangan 23 yoshli legioner Altin Kreziu jamoaning Antaliyadagi yig'iniga qo'shildi.

Ushbu yarim himoyachidan muxlislarning ham umidi katta. Futbolchi esa klub matbuot xizmatiga dastlabki intervyusini berdi. 

- Altin, avvalo o'zingiz haqingizda gapirib o'tsangiz.

- Salom qadrli muxlislar! Men «Andijon» klubiga kelib qo'shilganimdan juda ham xursandman. Bu jamoa o'ziga xos ananalarga va katta maqsadlarga ega klub hisoblanadi. Men Kosovodanman va yoshim 23 da. Yarim himoyachi sifatida to'p suraman.

- Siz Italiyaning "Torino" klubida ham faoliyat olib borgansiz. Hammasi qanday yuz bergan?

- Ha, bu to'g'ri. Men "Spal"dan "Torino"ga ko'chib o'tganman. Bu Italiyadagi jamoalarim edi. U erda uch yil davomida bo'ldim. Yoshlar jamoasi bilan ancha yaxshi ishlayotgandim. Asosiy jamoa bilan ham shug'ullanib turardim. Afsuski, A Seriyada debyut qilish nasib qilmadi. Lekin qaysidir eshik yopilsa, boshqasi ochiladi. SHunday ekan, men bu erda bo'lishdan nihoyatda mamnunman. O'zimni juda yaxshi tarafdan ko'rsatishga harakat qilaman. Ushbu mavsumda jamoamga ko'zlangan maqsadlariga erishishida yordam bera olaman, deb o'ylayman. 

- Aytingchi, "Andijon" klubini tanlashingizga nima sabab bo'ldi?

- Men O'zbekiston Superligasi haqida ko'p eshitdim. Bu raqobatbardosh bo'lgan yaxshi liga. Mening agentim «Andijon» varianti haqida gapirganida darhol "ha" deb javob berdim. Klub haqida malumot qidirgan paytimda guvohi bo'ldimki, O'zbekistondagi eng yaxshi muxlislarga ega ekan. Ushbu klubni katta ambiciyalarga ega bo'lgan jamoalardan biri desam ham bo'ladi. Men o'z faoliyatimda yangi chaqiriq bo'lishini xohladim.

- "Andijon"ni oldinda muhim mavsum kutyapti. O'zbekiston Superligasi, Kubogi, Superkubogi va Osiyo CHempionlar ligasi! Bu siz uchun ham juda qiziqarli bo'lsa kerak-a?

- Ha, albatta. Har bir musobaqa o'ziga yarasha qiziqarli. Biz yana Kubokni yutishni xohlaymiz. Ligada ham eng yuqori o'rinlarni egallash uchun harakat qilamiz. Osiyo CHempionlar ligasida esa uzoqroqqacha borishni maqsad qilganmiz. Unutmasligimiz kerakki, may oyida bizni "Nasaf"ga qarshi Superkubok o'yini kutib turibdi. Ushbu titulni ham yutishni xohlaymiz. Lekin bularning hech biri muxlislarimizsiz amalga oshmaydi. Mavsum davomida ishqibozlarimizni biz bilan birga bo'lishlarini xohlaymiz va shunday ham bo'ladi. Ishonamanki, biz birgalikda juda yaxshi ishlarni amalga oshira olamiz.

- Yangi maqsad va g'alabalarga tayyormisiz? 

- Men bu erda bo'lishdan xursandman. Yangi sinovlarga tayyorman. Yangi mavsum boshlanishini kutyapman.

- Sizda ikkita fuqarolik bor ekan-a?

- Men Kosovoda tug'ilganman. Lekin Sloveniyada voyaga etdim. Ikkala mamlakat fuqaroligiga egaman. 

- Jamoadagi ilk taassurotlaringiz qanday?

- Jamoa meni ajoyib kutib oldi. Ularga buning uchun rahmat aytmoqchiman. Murabbiylar shtabi, futbolchilar va klub xodimlari iliq qarshi oldilar. Men uchun biroz oson kechadi, chunki bolqonlik bir nechta yigitlar ham  bor. Ular va butun jamoa menga istalgan masalada yordam berishlari mumkin. Hammaga rahmat aytaman.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика