So’nggi yangiliklar

01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  21 01:52ЕЧЛ. "Манчестер Сити" "Наполи"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  44 01:15АПЛда бирорта очко йиғмаган клуб бош мураббийи билан шартномани узайтирди  0 00:50Беллингем дербига қадар сафга қайтиши мумкин  1 00:19"Реал"нинг аппеляцияси яна рад қилинди  7 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0 23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  16 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  5 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  4 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  4 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  6 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  3

Alisher SHog'ulomov: "Murabbiylikka endi qadam qo'ymoqdaman. Xatolar bo'lib turadi" Yangiliklar

Alisher SHog'ulomov: "Murabbiylikka endi qadam qo'ymoqdaman. Xatolar bo'lib turadi"

Pro liga navbatdagi turidan o'rin olgan "Oq-tepa" va "Dinamo" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda tomonlar 1:1 hisobida murosa ko'chasini tanlashdi.

O'yindan so'ng "Oq-tepa" klubi raisi Alisher SHog'ulomov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bugun maydonda ikkita teng kuchli jamoa harakat qildi. Birinchi bo'limda o'yinimiz o'xshadi, ikkinchi bo'limda maydonga zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar yordam berishi kerak edi. Lekin, buning teskarisi bo'ldi. Ular o'yinga kirishib keta olishmadi. Albatta, natija bizni qoniqtirmadi. "Dinamo" bir kishi kam bo'lib qolib yaxshi o'yin namoyish etishdi. Bizning futbolchilar raqibni o'yiniga moslashib qoldi. Balki, yosh futbolchilarimizga tajriba etishmagandir. Bugungidek qiziqarli o'yinlar ko'p bo'lsa futbolimizda ham o'sish kuzatiladi. Futbolchilarga to'g'ri o'ynash kerakligini tushuntirdik, ko'proq paslar bilan to'p tepishni aytmoqdamiz. Lekin, oldinga tepib yuborishmoqda, natija o'zligini qiyin ahvolga solib qo'yishyapti",- deydi Alisher SHog'ulomov.

- Boshlang'ich tarkibdan o'rin olgan tajribali futbolchilar Zafar To'raev va Sunnatilla Mamadaliev zaxiraga olingandan keyin maydonda etakchi o'yinchi qolmadi. Yoshlar esa kutilgandek o'ynamadi...

- Mana shunday o'yinlarda yoshlarga imkoniyat berish kerak. Balki, bu qaror xato bo'lgandir. Men ham murabbiylik sohasida endi faoliyatimni boshlaganman, qaerdadir xatolar bo'ladi, futbol xatosiz bo'lmaydi. Keyingi uchrashuvlarda xatolarni takrorlamaslikka harakat qilamiz. Bizning bitta muammoimiz transferlar oynasi vaqtida hujumchi ololmadik. Ibrohim Tomiva ketganidan keyin uning o'rniga hujumchi topolmadik.

- Jamoaga kelgan yangi ikki nafar afrikalik futbolchilar haqida malumot berib o'tsangiz...

- To'g'risi ularni biri yaqinda yurtimizga uchib keldi, uch kun ham bo'lmadi. Hali sharoitga etarlicha moslashganicha yo'q. Mikandani jarohati bor, u tiklanish jarayonini olib bormoqda.

- Timur Hakimovning o'yini haqida fikringiz qanday? Maydonda umuman ko'rinmadi bugun...

- To'g'risi uning o'yinidan umuman qoniqmadim. O'tgan o'yinga qarab bugun zaxiradan tushurib o'yinni kuchaytirishni o'ylagandik. Lekin, o'yinga kirishib keta olmadi. Timur Hakimov tajribali va kuchli futbolchi. Ammo, bugun o'yini chiqmadi. Mashg'ulotlarda yanada ko'proq ishlab navbatdagi uchrashuvlarda o'zini ko'rsatishiga ishonaman.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика