Ali Dai Eronda hibsga olindi
		
		29 okt 2022 13:39
        Yangiliklar	
	
				
				Ali Dai Eronda hibsga olindi
Milliy terma jamoaning eng yaxshi to'purari, eronlik sobiq hujumchi Ali Dai Eron xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlangan.
			Daeining rekordi portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu tomonidan yangilangandi. Natija (149 ta o'yinda 109 ta gol) Ali 2006 yilda terma jamoa libosida so'nggi marta paydo bo'lganidan beri bu o'n besh yil davomida saqlanib turgandi.
"The Times" nashrining yozishicha, Dai Eronda bo'lib o'tayotgan ayollar huquqlari norozilik namoyishlarini qo'llab-quvvatlagan bayonotlari ortidan hibsga olingan. Bu mamlakat shimoli-g'arbidagi 130 ming aholisi bo'lgan Sekkez shahrida sodir bo'ldi.
Qayd etish joizki, boshqa eronlik futbolchilar, xususan, Germaniyada o'ynayotgan Serdar Azmun o'z postlari orqali noroziliklarni qo'llab-quvvatlagan, biroq keyinroq uni o'chirib tashlagan edi.
O’xshash yangiliklar
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	
            
                    Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
                    Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
                    Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
                    Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди
Fikrlar