So’nggi yangiliklar

10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  1 09:48Пеп Гвардиола Алекс Фергюсоннинг Премер-лигадаги рекордини янгилади  1 09:20"Реал Мадрид" саккиз нафар футболчисини сотишга тайёр - DC  2 08:53Нури Шаҳин кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  2 08:25Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев кечаги учрашувда неча баҳо олишди?  5 07:59Грузиялик тўпурар ярим ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  9 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  8 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  20 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  11 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  7 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  47 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1

Ali Abdurahmonov: "Bosh murabbiyimiz taqdim etgan imkoniyatdan maksimal foydalanishga harakat qilaman" Yangiliklar

Ali Abdurahmonov: "Bosh murabbiyimiz taqdim etgan imkoniyatdan maksimal foydalanishga harakat qilaman"

OKMK jamoasi azosi Ali Abdurahmonov Superliganing-2025 dastlabki bahsi OKMK - "Buxoro" (2:1) o'yini haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

- Bugungi bahs haqidagi fikrlaringiz bilan bo'lishsangiz...

- Jamoalar hali tayyor emas va shu sababli qiyin bahs bo'ldi. Jamoalar yaxshi holatga kelib olish uchun bir muddat vaqt kerak bo'ladi. Muhimi, g'alaba qozondik va dastlabki uch ochkoni qo'lga kiritdik. Muxlislarimizni g'alaba bilan tabriklayman.

- So'nggi daqiqalarda g'alaba golini kiritdingiz. Dastlabki bahsdan hissiyotlaringiz qanday?

- Juda yoqimli holat. Bosh murabbiyimiz Mirjalol Qosimov futboldagi hissiyotlarini pul bilan ham sotib olib bo'lmaydi deb aytib keladilar. Bugun shunday holat bo'ldi.

- OKMK jamoasining yangi mavsumdagi maqsadlari qanday?

- Yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoni juda ajoyib kechdi. Dastlab BAAda keyin esa Turkiyada yig'in o'tkazdik. Ko'p bahslarda ishtirok etdik. Jamoa ancha yoshardi, endi yoshlarga yanada ko'proq imkoniyat beriladi. Bundan juda ham xursandman. OKMK jamoasi yosh futbolchilarning rivojlanishi uchun intilmoqda va barcha imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Tarkibimiz kuchaydi deb ayta olaman. Biz legionerlar va yosh futbolchilarni o'z safimizga qo'shib oldik. Chempionat bahslarida o'z oldimizga yuqori maqsadlarni qo'yganmiz.

- O'yin so'ngida 10-15 daqiqaga maydonga tushdingiz va g'alaba golini kiritdingiz. Yangi mavsumda o'z oldingizga nechta gol urishni maqsad qilgansiz?

- Qancha ko'p gol ursam, shuncha yaxshi. Bosh murabbiyimiz qancha imkoniyat beradi bilmadim, ammo imkoniyatdan maksimal darajada foydalanish va jamoamga foyda keltirishni maqsad qilganman. Nasib qilganicha gol uramiz.



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика