So’nggi yangiliklar

12:41Лапорта Флик шартномани узайтиришига ишонади  0 12:37U-17 Жаҳон чемпионати. Интизомли, мустаҳкам ва самарали жамоа — Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби ҳақида  0 12:13"Барселона" афсонаси молиявий фирибгарликда гумон қилинмоқда  0 11:47Мбаппе мамлакатини ўзгартириши мумкин: Жазоир юлдузни жалб қилишга тайёр  1 11:19Бир ўйин тарихи. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Жаҳон чемпионатида Хорватияни қандай енгганди?  3 11:15Қайтиш яқинми? Клопп дунёнинг энг кучли жамоаларидан бирини бошқариши мумкин  1 10:50Евро-2028. Очилиш ва финал учрашувларига мезбонлик қиладиган стадионлар маълум  3 10:24Флик Мессини "Барселона"га қайтишига қарши  3 09:56"Реал"нинг асосий футболчиларидан бири терма жамоаси сафида жароҳат олди  0 09:28VI Ислом Бирдамлик ўйинларида бронза медалини қўлга киритган футзал терма жамоамиз тантанали тарзда кутиб олинди  0 08:59МЮ қишда ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи. Жамоа иккита футболчидан бирини танлайди  0 08:31Месси яна бир мундиалда ғалаба қозониш ёки "Олтин тўп"ни қўлга киритиш ўртасида танлов қилди  6 08:03МЮ "бразилиялик Холанд"га қизиқиш билдирмоқда  0 07:37Аморим: "У мен учун ҳақиқий намуна"  0 00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0

Alfred Sxryoder: "Paxtakor" o'z mamlakatidagi eng kuchli jamoa" Yangiliklar

Alfred Sxryoder: "Paxtakor" o'z mamlakatidagi eng kuchli jamoa"

Osiyo chempionlar ligasining "A" guruhi 1-tur bahsi "Paxtakor"- "Al-Ayn" uchrashuvidan avval mehmonlar bosh murabbiyi Alfred Sxryoder matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Birinchi navbatda etiboringiz uchun rahmat. Yurtingizga birinchi marotaba tashrif buyurmoqdaman. Ushbu shaharda bo'lish yoqimli. "Paxtakor" kuchli jamoa ekanligidan habardormiz. Raqibimiz boy tarixga ega va chempionlar ligasida ham ancha tajribali jamoalardan biri. Biz raqibning so'ngi bir nechta o'yinini nazorat qilib chiqdik. Menimcha raqibimiz o'zining mamlakatida eng kuchlisi bo'lsa kerak. Biz o'zimizning kuchimizni bilib olamiz. Ertangi uchrashuvda ijobiy natija qayd etib uyga qaytishni maqsad qilganmiz".


Laba Kodjo: "CHempionlar ligasida ajoyib musobaqa. Ertaga esa biz ushbu musobaqa o'z yurishimizni boshlaymiz. Ertangi raqib ancha kuchli va shu sabab biz ertaga maydonda bor kuchimizni ishga solamiz. Umid qilamizki ertaga hech bo'lmasa bir ochko qo'lga kiritamiz".



- Jarohati sabab Toshkentga kelmagan futbolchilar bormi?
- Yo'q. Bizda barcha futbolchilar ertangi o'yinga tayyor.

- Guruhda "Paxtakor"ni "Al-Ayn" uchun eng kuchli raqib deb hisoblaysizmi?
- Yo'q, Osiyo chempionlar ligasida barcha kuchli. Guruhimizdagi uch jamoa qarshi uchrashuvlarda g'alaba qozonishimiz aniq emas. Ertangi raqibimiz "Paxtakor" o'z ligasidagi eng kuchli jamoa deb ayta olaman.



- Murabbiylik faoliyatingiz davomida "Barselona" va "Ayaks" klublarida ishlagansiz. Evropa chempionlar ligasi va Osiyo chempionlar ligasi o'rtasida qandaydir farq sezdingizmi?
- To'g'risi yo'q. Men ikki musobaqani solishtirishni istamayman. Lekin bir narsani ayta olamanki Osiyo chempionlar ligasida ham barcha infratuzilma ajoyib darajada. Ertangi uchrashuvda futbol o'ynashni istaydigan jamoalar ishtirok etadi va o'yin qiziq bo'lishi aniq.

- Jamoangiz safida 10ta legioner bor, biroq ertaga siz bor yo'g'i 5+1 limitidan foydalana olasiz? Toshkentga nechta legionerni olib keldingiz?
- Ha, biz ushbu qoidadan xabardormiz. Bizga yordam bera oladigan barcha futbolchilarni Toshkentga olib kelganmiz va ertaga ularni bilib olasizlar.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика