So’nggi yangiliklar

09:23"Реал" футболчиси Африка Миллатлар Кубогида рекорд ўрнатди  0 08:57"Манчестер Сити" "Рома"дан ҳимоячи олиб келмоқчи  0 08:41Расман. Шаҳбоз Умаров "Бунёдкор" футболчиси  1 08:30"Машъал" етакчиларидан бири фаолиятини Тошкентда давом эттиради  2 07:59Скалони Мессининг 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок этиши ҳақида: У ўзи қабул қилиши керак бўлган қарорни қабул қилсин  1 07:29U-23 Осиё кубоги. Бугун Эронга қарши ўйнаймиз  4 02:37Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан хет-трик!  0 02:30Бундеслига. Франкфуртда "отишма": "Айнтрахт" - "Боруссия" Д учрашувида 6 та гол урилди  0 02:02Африка Миллатлар кубоги. Марокаш ярим финалда!  1 01:25"Ювентус" "Манчестер Сити" футболчисини текинга қўлга киритмоқчи  2 00:47Испания Суперкубоги финалини ким бошқаради?  2 00:20Майкл Оуэн: "Муҳим ўйинларда Гёкерешга маҳорат етишмаяпти"  2 23:55А Сериянинг декабрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 23:23Сульшер МЮга қайтса, қанча маош олади?  0 23:05Африка Миллатлар кубогидаги илк ярим финалчи маълум!  1

Alfred Sxryoder: "Paxtakor" ham bizga osonlik bilan gol urishi mumkin edi. Biroq biz g'alabaga haqli edik" Yangiliklar

Alfred Sxryoder: "Paxtakor" ham bizga osonlik bilan gol urishi mumkin edi. Biroq biz g'alabaga haqli edik"

OCHLning 1-turi doirasida "Paxtakor" mag'lub etilganidan keyin "Al Ayn" bosh murabbiyi Alfred Sxryoder o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- OCHLning yangi mavsumini "Paxtakor" kabi jamoani 3:0 hisobida mag'lub etib boshlash - yoqimli start bo'lsa kerak. Balki, biz to'p bilan harakatlanishdagi eng yaxshi o'yinimizni o'tkazmagandirmiz. Biroq vaziyatlardan unumli foydalandik va yirik hisobda g'alaba qozonishni uddaladik. Ikkinchi bo'limda ham raqiblar yaxshi vaziyatlarga ega bo'lishdi. Biz esa yana o'z vaziyatimizdan foydalandik. Bu navbatdagi o'yinlarda bizga katta kuch beradi. Hozir g'alabani nishonlashga vaqt yo'q. Darhol ortga qaytib, milliy chempionat o'yiniga tayyorlanishimiz kerak bo'ladi. G'alabadan xursandman, biroq bu o'yin bizga nimalar ustida ishlashimizni ko'rsatib berdi. SHu orqali o'yinimizni yaxshilab, yanada yuqori cho'qqilar sari boramiz.

Laba Kojo: - O'yinimdan ham, g'alabadan ham xursandman. Muhim g'alabani qo'lga kiritib oldik. Bunday turnirlarda start olish muhim ahamiyatga ega va biz juda yaxshi raqibni yirik hisobda mag'lub qildik. Vaziyatlardan foydalangan bo'lsak-da, murabbiy aytganidek, qaysi jihatlar ustida ishlash kerakligini ko'rsatib berdi. Kamchiliklar ustida ishlaymiz va etiborni navbatdagi o'yinga qaratamiz.

- Bugungi o'yin hisobga mos bo'ldi deb o'ylaysizmi?

- G'alabaga munosib edik deb o'ylayman. To'g'ri, "Paxtakor"da yaxshi vaziyatlar bo'ldi, osonlik bilan darvozamizni ishg'ol qilib ketishlari mumkin edi. Ammo bizda ham shunday vaziyatlar bo'ldi, yana ikki-uchta gol urib ketishimiz mumkin edi. Balki o'yin yirik hisobga mos bo'lmagandir, lekin biz g'alabaga mosroq edik.

- O'yin avvalida jamoalarning imkoniyatlari 50ga 50 baholangandi. "Al Ayn"ning rejasida tezkor gol urish vazifasi bormidi?

- Biz har bir o'yinda tezroq gol urishni rejalashtiramiz. Bugun raqiblar o'z maydonida o'ynashi ularga bosim berishini tushundik va o'yinning boshidanoq oldinga o'tib, ularga bosim uyushtirish payida bo'ldik. Bu esa o'z samarasini berdi. Demak, reja o'xshadi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика