So’nggi yangiliklar

03:18ЖЧ U-17. Турнир тарихидаги энг йирик ҳисоб қайд этилди  0 03:04Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди  36 02:50Лига 1. ПСЖ голларга бой ўйинда 90+5 дақиқада гол уриб, "Лион"ни мағлуб этди  0 02:47А Серия. "Интер" ўз уйида "Лацио"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  3 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  61 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  82 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  11 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  10 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  28

Aleksey Evstafeev: "Birinchi bo'limda hech narsa o'xshamadi. Bu nima bilan bog'liqligini bilmayman" Yangiliklar

Aleksey Evstafeev: "Birinchi bo'limda hech narsa o'xshamadi. Bu nima bilan bog'liqligini bilmayman"

Pro-liganing 6-turi doirasida "Navbahor-Farm" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "SHo'rtan" ustozi Aleksey Evstafeev o'z fikrlarini bildirdi.


O'yin haqida

- O'yin jamoa uchun qiyin o'tdi. Ayniqsa, birinchi bo'limda hech nima o'xshamadi, jamoaviylik ham, bir-birini tushunish ham. Bu nima bilan bog'liqligini bilmadim. Buni ko'rib chiqamiz. Asosiysi - bugun g'alaba qozondik, uch ochko muhim edi. 

- "Yunired"ga qarshi o'yinda asosiy tarkibni tanlashda adashganingizni aytgandingiz. Bu safar asosiy tarkibda nimalarni o'zgartirdingiz va bu o'zini oqladimi?

- "Yunired" bilan nafaqat asosiy tarkib noto'g'ri tanlandi, balki, bir qancha futbolchilar maydondagi funkciyalarini bajargani yo'q. O'sha o'yinda rejalarni o'zgartirishga majbur bo'ldik. SHu bois yaxshi o'yin ko'rsatishga qiynaldik. Bugun esa o'zimizning eski sxemamizga qaytdik. Bu sxema yigitlarga yaxshi tanish. Bilmadim, balki, yigitlarning ruxiy holati o'yinga tayyor bo'lmagandir. 

- Zafar Polvonovning asosiy tarkibda tushmayotgani, ko'p imkon berilmayotgani uning yoshi bilan bog'liqmi?

- Ha, albatta. Uning bu yoshida barcha charchagandan keyin maydonga tushgani maqulroq. SHunday paytda u o'yinni kuchaytirmoqda. Umuman olganda bu taktik yurish - bizda doimo ushbu variant bo'ladi. U qachonki maydonga tushsa, o'yinimizda kuchayish kuzatiladi. O'z navbatida raqiblarga minnatdorlik bildiraman. Garchi kamchilik bo'lishsa-da, bizga yaxshigina muammolar yaratishdi va bizga qiyin bo'ldi. Ularning o'yini yaxshi, shunchaki omad kelmadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика