So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Aleksandr Xomyakov: "Xebay "Andijon"da qoladi deb o'ylayman" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Xebay "Andijon"da qoladi deb o'ylayman"

"Buxoro" hamda "Andijon" o'rtasidagi Superliganing 13-tur o'yinidan (0:1) so'ng mehmonlar ustozi Aleksandr Xomyakov matubot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob berdi.
Xomyakov: "Turnirdagi vaziyatni hisobga olgan holda o'yin qiyin bo'lishini bilardik, havo ham bahsga tasir ko'rsatdi. "Buxoro" birinchi bo'limda 3 nafar himoyachi bilan o'ynashini kutgandik, ammo ular 4 nafar himoyachini maydonga tushirishdi. SHu sababli o'yinimizda biroz tushunmovchilik yuz berdi. Baxtimizga ikkinchi taymda o'zimizga keldik va hujumlarimizdan birini gol bilan yakunladik. Keyin ustunlikni ushlab qolishga harakat qildik. Issiq sabab futbol o'ynash qiyin bo'ldi. Biroq hammasi yaxshi yakunlandi.

Muxlislar, jamoa, viloyatimiz va yangi homiyni g'alaba bilan tabriklayman".

- Bugun g'alaba qozonishni kutganmidingiz?

- Albatta kutgandim. Biroq ikkala jamoaga ochko suv va havodek kerakligi uchun qiyin bo'ldi. Futbolchilarning professionalizmidan ko'nglim to'ldi.

- Klub maosh va mukofot pullari bo'yicha qarzini uzganini o'qidik...

- Yozishiptimi, bu haqida gapirsam bo'ladimi... Ha, homiyimiz va hokimiyat qo'llab-quvvatlashi orqali qarzlar uzildi. Bundan so'ng yomon o'ynay olmasdik.

- Ruben Xebay mavsumning ikkinchi qismida jamoada qoladimi?

- Uning "Andijon" bilan shartnomasi bor, Xebay qoladi deb o'ylayman.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика