So’nggi yangiliklar

07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  0 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  4 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  18 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  2 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  6 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  8

Aleksandr Xomyakov: "Umuman olganda bugungi o'yinimiz menga yoqmadi" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Umuman olganda bugungi o'yinimiz menga yoqmadi"

"Mashal" - "Dinamo" (3:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.
"Dastlabki bo'limda juda yomon o'ynadik. Ikkinchi bo'limda o'zimizda kuch topib tezkor gol urdik va oldinga chiqib oldik. Umuman olganda esa o'yinimiz menga yoqmadi. Birinchi davrada juda yaxshi harakat qilgandik. Hozir esa yigitlar o'zlarini bo'sh qo'yib yuborishdi. Sababi boshqa jamoalar bilan oramizdagi farq ancha katta bo'lib ketdi", - deydi Xomyakov.

"To'g'ri ko'p gol urib ko'p o'tkazayapmiz. Ammo 31ta qo'yib yuborilgan gol juda ko'p. O'tkazilgan gollarda faqat darvozabon va himoyachilarning aybi bo'lmaydi".

"Zohir Qo'ziboev uchun xursandman. Oliy ligadagi debyut mavsumida ko'plab gollar urib to'purar bo'lib turibdi. Bundan albatta xursandman".

"O'yinda ko'plab vaziyatlardan foydalana olmadik, buning ustida ishlayapmiz. Mashg'ulotda barchasi o'xshaydi, ammo o'yinda doim ham oson bo'lmaydi".

"Lokomotiv"ga qarshi Toshkentda o'ynash og'ir, biroq agar ulardan ochko olsak bundan albatta xursand bo'lamiz", - deydi Aleksandr Xomyakov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика